“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti Oʻquv ishlari bo’yicha prorektori: __________ K.D.Kuliyev “____”_______2023 yil
MODUL / FAN SILLABUSI Amaliy matematika va fizika fakulteti
60110600 – Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi
Fan nomi:
Algebra va sonlar nazariyasi
Fan turi:
Majburiy
Fan kodi:
ASNM2116
Yil:
2023-2024
Semestr:
3/4
Taʼlim shakli:
kunduzgi
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
180(120/60)
Jami auditoriya soatlar:
III Semestr 60, IV Semestr 30.
Maʼruza
III Semestr 30, IV Semestr 14.
Amaliy mashg‘ulotlar
III Semestr 30, IV Semestr 16.
Laboratoriya mashg‘ulotlari
-
Seminar
-
Mustaqil taʼlim
III Semestr 60, IV Semestr 30.
Kredit miqdori:
6(4/2)
Baholash shakli:
yakuniy/yozma
Fan tili:
o‘zbek
SAMARQAND-2023
Fanning maqsadi (FM)
FM1
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga algebraik tushunchalarni ilmiy asosda kiritish va o’rgatish hamda ularning ko’plab tatbiqlarini ochib berish orqali tabiat va jamiyat rivojidagi o’zgarishlarni to’g’ri tahlil qilishga asos solish, talabalarni ularga avvaldan tanish bo’lgan matematik nazariyalar, ayniqsa, chiziqli algebra, asosiy algebraik strukturalar, sonlar nazariyasi, bir o’zgaruvchili va ko’p o’zgaruvchili ko’phadlar nazariyalari, matematik mantiq va diskret matematika haqida ma’lumotlar berish, egallagan nazariy bilimlari asosida ularning mantiqiy va matematik tafakkurini rivojlantirish, yozma va og’zaki mantiqiy nutqini shakllantirishdir.
FM2
Fanning vazifasi − umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limi matematika fani asosiy tushunchalarini ilmiy, nazariy chuqurlashtirish bilan birga uzviy ravishda kengaytirish, algebra va sonlar nazariyasining talabalar dunyo qarashini shakllantirishdagi jamiyatni va borliqni o’rganishdagi o’rnini ochib berish, talabalarga algebra va sonlar nazariyasi kursining nazariy asoslarini o’rgatish, ularda algebra va sonlar nazariyasi kursini o’zlashtirishlari uchun zarur ko’nikma va malakalarni shakllantirish, talabalarni algebra va sonlar nazariyasi kursi bilan tanishtirish, ularni o’quv qo’llanmalari va boshqa ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o’rgatishdan iborat.