Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org
Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu bilan
qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va vositachilarning xatti-
harakatlari, ta’minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish
chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu erda quyidagi harakterdagi
yo‘nalishlar kuzatiladi:
tashqi muhit monitoringi (kon’yunktura, jarayonlar va tendensiyalarni o‘rganish);
muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);
muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash). Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma’lumotlarni doimiy to‘plash, izlash
tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o‘rganishda eng ko‘p tarqalgan.
Ko‘pincha monitoring ob’ekti bo‘lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa,
televidenie kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining
tendensiyalari va jarayonlari, uning sig‘imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilarning xatti-
harakatlari, shuningdek, iste’molchilar xatti-harakatlarining sabablari, mahsulotning
raqobatbardoshligi, rag‘batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallari va
boshqalarga nisbatan qo‘llanadi.
109
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR, JURNALLAR VA INTERNET TARMOG‘IDAN OLINGAN TARQATMA MATERIALLAR