182
ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va etkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar
majmui.
Boshqaruv – bu
chuqur tahlilni, ishlanmalarni va ma’lum maqsadlarni to‘g‘ri
qo‘yishga qaratilgan, makon va zamonda to‘xtovsiz amalga oshiriladigan maqsadga
yo‘naltirilgan jarayondir. Lekin boshqaruv biror narsa yoki birov tomonidan
boshqarilsagina vujudga keladi. Bu
asnoda boshqarish haqidagi fan, boshqaruv
sub’ekti va ob’ekti tushunchasini kiritadi.
Boshqaruv sub’ekti - bu jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, hukumat organlari
tomonidan va amaldagi qonunchilik bo‘yicha berilgan vakolatlar bo‘yicha ta’sir
o‘tkazish imkonitiga ega bo‘ladi.
Boshqaruv ob’ekti – bu boshqaruv sub’ektining ta’sir o‘tkazish (boshqaruv
ta’siri) ob’ekti bo‘lib,
huquqiy va jismoniy shaxslar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
ishlab chiqarish va xo‘jalik tizimlari boshqaruv ob’ekti bo‘la oladi.
Tizim– bu bir butunlikni tashkil qiladiki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning
tartiblangan kompleksidir.
Ilmiy texnik-taraqqiyot — bu jamiyat ishlab chiqarish kuchlari darajasini
ko‘rsatib beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, tarmoqlar va
zamonaviy ishlab chiqarish
qurollari bilan qurollanganligi va mehnat predmetlarini hamda fanning
samaradorligini aniqlab beradi.
Dostları ilə paylaş: