O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə123/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Jismoniy eskirish - asosiy fondlarning ekspluatatsiya jarayonida yoki bekor
turish natijasida o‘zining dastlabki xarakteristikalarini asta-sekin yo‘qotishidir.
Amortizatsiya me’yori - yillik amortizatsiya summasining asosiy fondlar
qiymatiga nisbati (foizlarda).
Dastlabki qiymat - asosiy fondlarni sotib olish paytidagi harajatlar summasi
(etkazib berish, o‘rnatish yoki montaj harajatlari bilan birga).
Tiklash qiymati - asosiy fondlarning bugungi kundagi inflyasiya, qayta
baholash va hokazolarni hisobga olgan holda hisoblangan qiymati.
Qoldiq qiymat - bu asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati bilan
eskirish summasi o‘rtasidagi farqdir.
Ekstensiv ko‘rsatkichlar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning
vaqt bo‘yicha ko‘rsatkichlari;
Intensiv ko‘rsatkichlar - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning
unumdorlik (quvvat) ko‘rsatkichlari;
Integralko‘rsatkichlar - ekstensiv va intensiv omillarning jami ta’sirini, ya’ni
ekstensiv va intensiv ko‘rsatkichlarning hosilasini hisobga oluvchi ko‘rsatkichlar.
Fond qaytimi - ishlab chiqarilgan mahsulotning asosiy ishlab chiqarish
fondlarining o‘rtacha yillik qiymati birligiga to‘g‘ri keladigan miqdori;
Fond sig‘imi fond qaytimi ko‘rsatkichiga teskari ko‘rsatkich;
Fondlarning rentabelligi- asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik
qiymati birligiga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori.
Aylanma fondlar - bir ishlab chiqarish siklida to‘liq foydalaniladigan aylanma
vositalarning bir qismi bo‘lib, shu sikldan so‘ng o‘zining dastlabki natural-moddiy
shaklini yo‘qotib, o‘z qiymatlarini to‘laligicha hosil bo‘layotgan mahsulotga
o‘tkazadi.
Muomala fondi - bu korxona yoki tashkilotning pul mablag‘lari hamda hisob-
kitoblardagi mablag‘lardir. Demak, korxonaning aylanma vositalari - uning aylanma
va muomala fondlari yig‘indisidir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin