O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə124/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Ishlab chiqarish zahiralari- bu ishlab chiqarish jaayonining o‘zluksizligini
ta’minlashga mo‘ljallangan, ammo hali ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilinmagan
mehnat predmetlaridir (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, tayyor
mahsulotlar omborlari yoki poligonlaridagi buyumlar va konstruksiyalar, ehtiyot
qismlar va boshqalar).
Ishlab chiqarish jarayonidagi aylanma fondlar- bu avvalo tugallanmagan
ishlab chiqarish (qurilish) va kelgusi davr harajatlaridir (vaqtinchalik bino va





185 
inshootlar qurishga, asbob-uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, sinovlar
o‘tkazish va hokazolarga sarflanadigan harajatlar).
Transport zahiralari- to‘lov talabnomasi to‘langan kundan yukning korxona
omboriga kelib tushgan kunigacha bo‘lgan davr.
Joriy zahira- ishlab chiqarish jarayonining o‘zluksizligini ta’minlashga
qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga teng bo‘lishi kerak. Joriy
zahiraning miqdori o‘rtacha kunlik harajatlarga va xom ashyo, materiallar,
konstruksiyalar va hokazolarning qanchalik tez-tez etkazib berib turilishiga bog‘liq.
Sug‘urta zahirasita’minotdagi va transport faoliyatidagi o‘zilishlarning,
etkazib berish muddatlari bo‘zilishining oldini olish uchun zarur. Sug‘urta
zahirasining qiymati joriy (ombordagi) zahira uchun belgilangan aylanma vositalar
me’yorining 30-50 foizi atrofida bo‘lishi mumkin.
Aylanma vositalarning xususiy manbalariqatoriga korxonaning foydasini,
uning nizom kapitalini, shuningdek, qo‘shimcha va zahira kapitalini kiritish mumkin
bo‘lib, ular ayniqsa korxonani boshqarishning aksionerlik shakli sharoitlarida ko‘proq
ko‘zatilishi mumkin.
Qarz mablag‘lari- bu chetdan, turli moliyaviy manbalardan jalb qilinadigan va
odatda qaytarish sharti bilan ma’lum bir to‘lov (foiz stavkalari) evaziga olinadigan
mablag‘lardir. Ma’lum kelishilgan shartlar asosida jismoniy va huquqiy shaxslardan
qarzga olingan mablag‘lar ham qarz mablag‘lar tarkibiga kiradi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin