O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


Noishlab chiqarish asosiy fondlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə127/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Noishlab chiqarish asosiy fondlari- qurilish korxonasi mahsulotini ishlab
chiqarishda qatnashmaydigan, aholining va shu jumladan qurilish korxonalarining
maishiy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan bino va inshootlar: uy-joylar,
madaniy-maishiy bino va asbob-uskunalar, sport inshootlari va hokazo.
Aylanma 
fondlar-
qurilish
korxonasining
materiallar,
buyumlar,
konstruksiyalar, arzon va tez eskiradigan asbob-uskunalar va xo‘jalik anjomlari
zahiralariga; qurilish tashkilotining ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan mahsulotga
(tugallanmagan qurilish); samarasi faqat kelgusi davrlarda kutilayotgan harajatlarga
sarflangan pul mablag‘lari.
Asosiy fondlar- moddiy ishlab chiqarish sohasida va noishlab chiqarish
sohasida o‘zoq muddat amal qilayotgan jami moddiy-buyum qiymatlari. Asosiy
fondlar o‘z xizmat muddati davomida ishlab chiqarish jarayonida o‘zlarining
dastlabki moddiy shaklini saqlab qolgan holda ko‘p martalab ishtiroq etadilar, ammo
eskirgan sari o‘z qiymatini amortizatsiya ajratmalari apparati orqali tayyor
mahsulotlarga o‘tkazib boradi.





187 
Mehnat unumdorligi - mehnat sarflarining samaradorligi. Ishchi tomoidan
vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorida yoki ish vaqtining mahsulot
birligini ishlab chiqarishga sarflangan miqdorida ifodalanadi.
Tarif tizimi- turli malakaga ega bo‘lgan ishchilarning mehnatiga haq
to‘lashdagi tafovutlarni belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar majmuasi - tarif
stavkalari, tarif jadvallari, yagona tarif-malakaviy va tarmoq ma’lumotnomalari,
mehnatda erishilgan naqd yutuqlar uchun yoki odatdagi mehnat sharoitlaridan
chetlashilganda to‘lanadigan tarif stavkasi qo‘shimchalari.
Rejalashtirish - bu maqsadlarni shakllantirish, ustivor yo‘nalishlarni hamda
ularga erishish vositalari va usullarini aniqlash jarayonidir. U muayyan rejalarda
ro‘yobga chiqariladi. SHuning uchun rejani rejalashtirish natijasi, u yoki bu hatti-
harakatlarning motivatsiyalangan modeli deb hisoblash qabul qilingan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin