2.6-Jadvaldan ko‘rinadiki, yuqorida bayon etilgan murakkab va qiyin sharoitda ham
iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalarida iqtisodiy o‘sishning yuqori va barqaror
sur’atlari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
umumiy hajmi 2014 yilga nisbatan 8,0 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish hajmi 7 foizga, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5 foizga o‘sib, uning YAIM
tarkibidagi ulushi 53,0 foizni tashkil qildi. Ichki talabni rag‘batlantirish borasida amalga
oshirilgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilda chakana tovar aylanmasining 2014 yilga
nisbatan 15 foizga o‘sishi kuzatildi. Ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotning etakchi
59
tarmoqlarida, jumladan sanoat va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish
va bu sohalarni diversifikatsiya qilishga qaratilayotgan ulkan e’tibor eksport hajmi, uning
tarkibi va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mustaqillik yillarida xom-ashyo resurslarini chuqurroq qayta ishlash,
yuqori
qo‘shilgan qiymatli tovarlar ulushining ortishiga qaratilgan tarkibiy siyosatni amalga
oshirish natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining
pasayishi va sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushini ortishi kuzatilmoqda. Bu yo‘lda
tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi
ichki mahsulotda uchuning ulushini 2015 yildagi 33,5 foizdan 2030 yilda 40 foizga
etkazish, qishloq xo‘jaligi ulushini esa 16,6 foizdan 8-10 foizga kamaytirish, energiyani
tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun
sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishish kerak.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan,
tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni
60
jadal rivojlantirish va ularning YAIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko‘paytirish
muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish omillari va manbalari tahlili ko‘rsatishicha inqirozga
qadar bo‘lgan davrda iqtisodiy faollikni yuqori sur’atlari asosan eksport salohiyatini
rivojlantirishni jadallashtirish, iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalarning miqyosi,
iqtisodiyot tarkibini tizimli va bosqichma-bosqich yangilanishi hisobiga erishilgan. Iqtisodiy
o‘sishni iqtisodiyotni erkinlashuvini chuqurlashuvi
va miqyosini kengayishi, valyuta
bozorini barqarorlashuvi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini jadal sur’atlarda
rivojlanishi ta’minladi.
Mustaqillik yillarida xom-ashyo resurslarini chuqurroq qayta ishlash, yuqori
qo‘shilgan qiymatli tovarlar ulushining ortishiga qaratilgan tarkibiy siyosatni amalga
oshirish natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining
pasayishi va sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushini ortishi kuzatilmoqda.
Jahon amaliyoti va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning
natijalariga ko‘ra makroiqtisodiy barqarorlik darajasi bilan barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Masalan, inflyasiyani yuqori darajasi
iqtisodiyotni investitsiyalashni mavjud manbalarini so‘ndiradi, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi yillarda inflyasiyani
jilovlash, samarali byudjet-soliq siyosatini olib borish, soliq yukini kamaytirish, davlat
byudjeti xarajatlarini
yanada optimallashtirish, bank tizimi barqarorligini mustahkamlash,
banklarning kreditlash salohiyatini oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirishga jalb qilinayotgan investitsiyalar (jumladan, xorijiy
investitsiyalar) hajmi ko‘paytirish, eksport hajmini oshirish va uni diversifikatsiyalash
borasidagi chora-tadbirlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga
va barqaror iqtisodiy
o‘sishga erishish uchun xizmat qiladi. Mamlakatdagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlili
uni barqarorligini ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda.
Makroiqtisodiy siyosatni olib borish dastaklaridan biri bo‘lgan soliq siyosati
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlatning bosh islohotchi
sifatidagi rolini mustahkamlaydi. O‘zbekistonda soliq siyosati va soliqqa tortish orqali
iqtisodiyotni qo‘llab quvvatlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bozor iqtisodiyotini
shakllantirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va
ayniqsa kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat
qiladigan soliq tizimini yaratish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qabul
qilingan strategiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
YUrtboshimizning mamlakatning 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisda “islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda
56,7 foizga etgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidlashni istardim. Hozirgi paytda
ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholimizning 77 foizdan
ortig‘i – shunga e’tibor bering – mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani, o‘z peshona teri
bilan nafaqat o‘z oilasini boqayotgani, balki mamlakatimiz boyligiga boylik qo‘shayotgani,
avvalo, mustaqillik bizga ochib bergan
imkoniyatlarning yaqqol isboti, desam, ayni
haqiqatni aytgan bo‘laman
13
.” deganlari buning isbotidir.
13
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил