Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org
62 Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis
etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi
ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi
15
. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati
bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi
to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va
"mas’uliyati cheklangan jamiyat" so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan
jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda
"mas’uliyati cheklangan jamiyat" degan so‘zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o‘z ichiga
olishi kerak.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat sifatida bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis
etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan
jamiyat tan olinadi va uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari
bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis
hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari
bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning
boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning
qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va
"qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to‘liq yoki qisqartirilgan
nomini hamda "qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so‘zlarni yoki QMJ
abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Jamiyat boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida
(ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga
haqlidir.
Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa,
nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili
ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishi kerak. Jamiyatning muhrida uning firma nomi
jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga,
shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgisiga va boshqa o‘z belgi-
alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga
oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya
asosida shug‘ullanishi mumkin.
15
«Масъулияти чекланган ва қўшимча масъулиятли жамиятлар тўғрисида»ги
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. 2001 йил 6 декабрь // Тадбиркорликка оид
қонун ҳужжатлари тўплами. 1-том. - Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги,
2002.
63 Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar
bo‘ladi. Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat va
uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi
shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar
bo‘lmaydi.