O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə65/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

CHiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, unga ko‘ra
boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo‘ladi
va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. Bunday tuzilmada boshqaruv
bo‘g‘inlari tizimi to‘laligicha ishlab chiqarish bo‘g‘inlari tizimi bilan mos tushadi. Har bir
ishlab chiqarish jamoasi tepasida rahbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita
bo‘ysinadilar. Barcha boshqaruv funksiyalari rahbar qo‘lida mujassamlanadi.
5-mavzu Korxonalarning strategik rivojlanishida erkin iqtisodiy zonalarni 
tashkil etilishi
5.1. Korxonalarning rivojlanishida erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiy ahamiyati va
shakllanish bosqichlari.
5.2. O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish
bo‘yicha me’yoriy-huquqiy baza.
5.3.“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishi va hududda korxonalarning





71 
rivojlantirishdagi o‘rni.
5.4. O‘zbekiston Respublikasining yangi erkin iqtisodiy zonalari.

5.1.Korxonalarning rivojlanishida erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiy 
ahamiyati va shakllanish bosqichlari. 
Erkin iqtisodiy hududlar (EIH) dunyoning ko‘plab davlatlarida keng yoyilgan. XX
asrning oxirlarida dunyoda turli xildagi 4 mingdan ortiq EIH lar mavjud edi. Ђarb
mutaxassislarining fikricha 2004 yilga kelib jahon tovar aylanmasining 30%i turli erkin
iqtisodiy hududlarda ro‘y berdi. Xalqaro korporatsiyalar o‘z faoliyatlari uchun imtiyozli
sharoitlarni qidirib, EIHlarni ko‘p foyda olish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rishadi. Yirik
xalqaro korporatsiyalar erkin iqtisodiy hududlarda o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil qilishni
ekspansiyalarining muhim yunalishi deb hisoblaydilar.
Erkin iqtisodiy hududlar mamlakatning boshqa qismlarida ishlatilmaydigan imtiyoz
va rag‘batlantirishning o‘ziga xos tizimi qo‘llaniladigan milliy iqtisodiy hududning bir
qismidir. Odatda EIHlar jug‘rofiy jihatdan u yoki bu darajada alohida hududdir.
Erkin iqtisodiy hududlar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq iqtisodiyot
tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko‘riladi. Ularning faoliyat
ko‘rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan bog‘lanadi. Erkin
iqtisodiy hududlarning iqtisodiyoti tashqi dunyoga ochiqligi katta darajada bo‘ladi.
Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa tashqi va ichki investitsiyalar uchun qo‘laydir.
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning muhim sabablaridan biri shundaki,
ko‘pincha davlat iqtisodiyotini kapital oqimi uchun to‘liq ochishni, o‘ziga xos investitsiya
oqimini hamma joyda ishlatishni istamaydi. SHuning uchun ham maxsus hudud sifatida
qisman ochiqlikni ishlatadi.
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishda ikkita konseptual yondoshish qo‘llaniladi:
hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda hududdagi barcha rezident korxonalar
xo‘jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar.
Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri erkin bojxona (bojsiz) 
hududlari (EBX) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi birinchi avlod
hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud. Bunday hududlarni

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin