servis hududlari deb ataladi.
Servis hududlar qatoriga offshor hududlar (OH) va solih gavanlari (SG) kiradi. OH
va SG tadbirkorlarni qo‘lay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining
yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o‘ziga jalb qiladi.
Offshor kompaniyalar faoliyat ko‘rsatayotgan davlatlar qatoriga Lixtenshteyn,
Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra,
Liberiya, Irlandiya, SHveysariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o‘n yillikda bularga Malta,
Mavrikiya, Ђarbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqa davlatlar qo‘shildi.
Offshor hududlardagi sanoat, savdo, bank, sug‘urta va boshqa kompaniyalar yo
umuman soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya) yoki kichik miqdordagi soliqlar to‘laydi
(Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va boshqalar). Offshor hududlarni tashkil
qiluvchi davlatlar qo‘shimcha xorijiy kapital jalb qilish, offshor hududida ro‘yxatga olingan
korxonadan foyda olish, mahalliy mutaxassislar uchun qo‘shimcha ish joylari tashqiqilinishi
orqali foyda ko‘radilar. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda offshor biznesda band bo‘lgan
kapital 500 mlrd. doll.ga etadi. Unda qariyib 2 mln. kishi qatnashadi va har yili bir necha
ming yangi kompaniya ro‘yxatga olinadi.
Majmuaviy hududlar alohida ma’muriy tumanlar hududida umumiy xo‘jalik
yuritish rejimiga nisbatan alohida, imtiyozli rejim o‘rnatish bilan tashkil qilinadi. Ularga
Xitoyning 5 ta mahsus iqtisodiy hududlarini, Braziliyadagi «Manuas» hududini,
Argentinadagi «Olovli er»ni, sanoati rivojlangan davlatlarning kam rivojlangan
hududlaridagi erkin tadbirkorlik hududlarini kiritish mumkin.
Turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy hududlarning o‘xshash tomonlari ularda o‘zida
tadbirkorlar uchun bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlari va umumiy rejimga nisbatan
ustunliklar bo‘lgan qulay investitsion iqlim mavjudligidadir. Turli hududlarda imtiyoz va
rag‘batlantirishlar ba’zi jihatlari bilan farq qiladi.
Imtiyozlar turtta asosiy guruhga ajratiladi: