O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə68/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

73 

Tashqi savdo imtiyozlari. Bu alohida bojxona-tarif rejimini kiritish (ekport-import
bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) va tashqi savdo operatsiyalarini amalga
oshirish tartibini soddalashtirish;

Soliq imtiyozlari. Bunda faoliyatning ma’lum ko‘rinishlari soliq imtiyozlari orqali
rag‘batlantiriladi. Bu imtiyozlar soliq bazasi (daromad, mulk qiymati va h.k.), uning
tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga xarajat, transport), soliq
stavkalarining darajasi, soliqqa tortilishdan doimiy va vaqtinchalik ozod qilish
masalalari;

Moliyaviy imtiyozlar. U o‘z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Ularga
kommunal xizmatlarning arzonligi, er maydonlari va ishlab chiqarish binolari, ijara
haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi;

Ma’muriy imtiyozlar. Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy fuqarolar kirib-
chiqishini engillashtirish, shuningdek turli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida
ma’muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi.
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning jahon tajribasi ularning umumiy yutuqlari,
umumiy xususiyatlari va rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari haqida ma’lum bir xulosalar
chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar yaxshi
rejalashtirilganligi va ularni boshqarishning moslashuvchanligiga bog‘liqdir.
Jahon xo‘jaligida erkin iqtisodiy zonalar. Jahon xo‘jaligida hozirgi kunda turli
ko‘rinishdagi 2000 dan ortiq EIZlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, ularning 400
tasi erkin savdo hududlari, 400 tasi ilmiy ishlab chiqarish hududlari, 300 tasi ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan eksport hududlarni, 100 tasi esa maxsus hududlardan (offshor
markazlari, rekreatsiya hududlari, ekologik-iqtisodiy hududlar va turistik hududlar)
iboratdir. Offshor markazlarida jahon depozitlarininguchdan bir qismi to‘plangan bo‘lib, bu
depozitlar hajmi 2005yilda butun jahon tovarlar aylanmasining 10-25 foizini tashkil etdi
(5.1-jadval).






Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin