93
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor
hozirgi
jamiyatning hayotining o‘zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni yangi
mahsulotlar va yangi texnikada ro‘yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining
asosi bo‘ladi.
Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash
va amalga oshirishdan
iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘-langan pallalardan tashkil
topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarish innovatsiya paydo bo‘ladi.
Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo‘llash
joylarda bir marta o‘zlashtirib va foydalanib bo‘lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda
katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni
tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy –
texnik taraqqiyot
(ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga chiqadiganga aylanishi
sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko‘p yillar
davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
“Innovatsiya” atamasidan O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham
bir qator o‘xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion
qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan.
Har xil olimlar, ayniqsa xorijlilar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E.
Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar)
bu tushunchani
o‘zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko‘ra har xil talqin qiladilar, ammo
innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki,
o‘zgarishlar innovatsiyalarning o‘ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o‘zgarishlar vazifasi
esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo‘ladi.
Avstriyali olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o‘zgarishlar ajratilgan:
1)
yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi bozor
ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi);
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi
o‘zgarishlar;
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‘lishi.
Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 30 –
yillarda
u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari yangi ishlab
chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkil shakllarini sanoatga
tadbiq etish va ularda
foydalanish maqsadidagi o‘zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida
innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda
rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.
Dostları ilə paylaş: