O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


  Ishlab chiqarishni kengaytirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə121/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

183 
Ishlab chiqarishni kengaytirish- yangi sexlar qurish yangi qurilish-montaj
boshqarmalarini tashkil qilish, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni qayta
tashkil qilish, bo‘linma va filiallar tashkil qilish va boshqa mavjud ishlab chiqarish
quvvatlariga taalluqli bo‘lmagan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ishlab
chiqarish hajmini oshirish.
Korxonalarni qayta ta’mirlash- asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga
mo‘ljallangan sex va ob’ektlarni ishlab chiqarishni fan, texnika va ilg‘or ishlab
chiqarish yutuqlaridan foydalanish asosida takomillashtirish maqsadida qayta
ta’mirlash.
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo‘llash jarayoni. Standart -
boshqa shunga o‘xshash ob’ektlarni taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan namuna,
etalon, modeldir. Me’yoriy-texnik hujjatlardagi standartlar standartlashtirilayotgan
ob’ektga qo‘yiladigan va bajarilishi majburiy bo‘lgan me’yoriy talablar, qoida va
shartlar majmuasini belgilaydi.
Ilmiy-texnik salohiyat- loyiha ishlanmalari va ishlab chiqarish qarorlarining
texnik saviyasini oshirishning prinsipial imkoniyatlari. Bu qarorlarga erishish, odatda,
ma’lum bir tadqiqotlar va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab
qiladi.
Innovatsion strategiya- korporatsiyaning maqsad va vazifalarini aniqlash, bu
vazifalarni bajarishning prinsipial siyosati va rejalarini belgilab beruvchi sistemali,
yaxshi tayyorlangan tashkiliy sharoitlar majmuasi.
Innovatsion qaror (echim)- korxonada (qurilish tashkilotida) yangiliklardan
foydalanishni joriy qilishga oid boshqaruv qarorini qabulqilishning kompleks
jarayoni. quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: uyushtirilgan yangiliklar (ehtiyoj
haqida xabardor qilish, anglatish), yangilikka oid qarorlarni qabulqilish (axborotlarni
maqsadli ravishda to‘plash va tanlab olish), yangiliklarni o‘zlashtirish (moslashuv,
mustahkamlash).

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin