187
Mehnat unumdorligi - mehnat sarflarining samaradorligi. Ishchi tomoidan
vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorida yoki ish vaqtining mahsulot
birligini ishlab chiqarishga sarflangan miqdorida ifodalanadi.
Tarif tizimi- turli malakaga ega bo‘lgan ishchilarning mehnatiga haq
to‘lashdagi tafovutlarni belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar majmuasi - tarif
stavkalari, tarif jadvallari, yagona tarif-malakaviy va tarmoq ma’lumotnomalari,
mehnatda erishilgan naqd yutuqlar uchun yoki odatdagi mehnat sharoitlaridan
chetlashilganda to‘lanadigan tarif stavkasi qo‘shimchalari.
Rejalashtirish - bu maqsadlarni shakllantirish, ustivor yo‘nalishlarni hamda
ularga erishish vositalari va usullarini aniqlash jarayonidir. U muayyan rejalarda
ro‘yobga chiqariladi. SHuning uchun rejani rejalashtirish natijasi, u yoki bu hatti-
harakatlarning motivatsiyalangan modeli deb hisoblash qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: