O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə131/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

boshlang‘ich narx - buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi bo‘yicha
jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari predmetining
hisoblab chiqilgan qiymati;
Bozor narxlari- tovarlarning (ishlar, xizmatlar) bozor qiymatining pullik
ifodasi, shu turdagi tovarlarning asosiy qismini ishlab chiqarish va takror ishlab
chiqarishga ketadigan harajatlarni aks ettiradi. Bozor narxlari asosan tovar va
xizmatlar bozoridagi talab va taklifning ta’siri ostida yuzaga keladi va tovarni
(xizmatni) ishlab chiqarish narxi atrofida o‘zgarib turadi.
Texnik-iqtisodiy asoslash- texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (TIK) aniqlash va
ularni taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan loyiha yoki ishlab chiqarish haqidagi qarorni
tanlashni asoslab berish. TIA asosida TIK eng yaxshi bo‘lgan variant tanlab olinadi.
Jismoniy shaxs (fuqaro) tushunchasi - fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o‘zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish
maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik
faoliyatidir.
asosiy ish joyi - ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi.
asosiy faoliyat turi - yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy
realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati.
birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot - birgalikdagi faoliyat natijasi bo‘lgan
tovarlar (ishlar, xizmatlar).

byudjetdan ajratiladigan subsidiya - davlat tomonidan muayyan maqsadlar uchun
byudjet hisobidan beriladigan pul mablag‘lari. soliq to‘lovchiga muayyan maqsadlarga
yo‘naltirish sharti bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar
hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar.

grant - davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli
tashkilotlar tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan
ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasiga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan mol-mulk,
shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beg‘araz asosda beriladigan
mol-mulk.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin