190
fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning
qiymati chegiriladi,
taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirilgan
taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a’zosining)
qo‘shimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar
nominal qiymatining oshishi, ulush (pay, hissa)
qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari.
ijara (lizing) to‘lovi - ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi
asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‘laydigan summa.
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi -
buxgalteriya hisobi
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to‘lovi summasi bilan
ijara (lizing) ob’ektining qiymatini qoplash summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi ijara
(lizing) to‘lovining bir qismi.
insonparvarlik yordami - aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va
ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab- quvvatlash, tabiiy ofatlar,
falokatlar va halokatlar,
epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning
oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish.
Insonparvarlik yordami dori vositalari va tibbiy ahamiyatga molik buyumlar, xalq
iste’moli
tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar,
transport va texnika,
shuningdek ixtiyoriy ravishdagi xayr-ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan
insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tariqasida beriladi
hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolatli
tashkilotlar orqali
taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: