Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org
ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish - ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan
qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet
davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish.
kredit tashkilotlari - tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, kredit uyushmalari,
mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari.
kurs bo‘yicha farq - milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining o‘zgarishi
munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga keladigan
(ijobiy, salbiy) farq.
mol-mulk - egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish ob’ektlari bo‘la oladigan moddiy
ob’ektlar, shu jumladan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar (paylar, hissalar)
hamda nomoddiy ob’ektlar.
oila a’zolari - er (xotin), ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar va bolalar, shu
jumladan farzandlikka olinganlar.
operativ ijara - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘lmagan mulkiy ijara (ijaraga berish)
shartnomasi asosida mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish.
realizatsiya qilish - sotish, ayirboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni
jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek garovga
qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga
oluvchiga topshirish. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar
ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‘natilganligini (topshirilganligini),
ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va
boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni asdiqlovchi hujjatlardir.
royalti - quyidagilar uchun har qanday turdagi to‘lovlar:
fan, adabiyot va san’at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash
mashinalari
uchun
dasturlar,
audiovizual
asarlardan
hamda
turdosh
huquqlarob’ektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud
ulardanfoydalanish huquqini berganlik uchun.
191 sanoat mulki ob’ektiga, tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), savdomarkasiga,
dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga bo‘lgan huquqnitasdiqlovchi
patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribagataalluqli axborotdan
(nou-xaudan) foydalanganlik uchun.