Fanni o‘qitishdan maqsad – iqtisodiyot sohasida magistrlarga mamlakat real sektor
korxonalari iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida talab qilinadigan
bilimlarni shakllantirish strategiyasini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ixtisosligiga mos bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” fanini o‘rganishning
asosiy vazifalariga magistrlarda real sektor korxonalari ishlab chiqarishini boshqarish va uni
izchil barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish,
davlatning iqtisodiy siyosatini jumladan sanoat siyosatini chuqur anglatish chuqur anglatish,
real sektor korxonalari iqtisodiyotini boshqa iqtisodiy fanlar yutuqlari bilan o‘zaro
hamkorlikda o‘rgatish, iqtisodiy qonunlar, sanoat korxonalari sohasida fundamental qoidalar
va hodisalarning sanoat korxonalarining strategik rivojlantirish borasida amal qilish
xususiyatlarini o‘rgatish va boshqalar kiradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
-
korxonalarning rivojlanish strategiyasi tushunchasining mazmuni va ahamiyati;
-
korxonalarning rivojlanishini harajatlar nuqtai nazaridan baholash usullari;
-
korxonalarning rivojlanish strategiyasining umumiy hajmini baholash;
-
korxonalarning rivojlanish strategiyasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi,
ularning tasnifi va aniqlash yo‘llari;
8 -
korxonalarning rivojlanish strategiyasi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va
ularni aniqlash usullari;
-
korxonalarning rivojlanishida asosiy vositalarini baholash usullari;
-
korxonada nomoddiy aktivlarning mazmuni va turlari haqida tasavurga ega