Ma’ruzada jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o‘sish sur’ati sezilarli darajada
57
Iqtisodiyotni tuzulmaviy isloh etish va modernizatsiyalash tufayli nafaqat eksport
hajmini yuqori sur’atlarda barqaror o‘sishiga, balki uning tarkibini sifat jihatdan
yaxshilanishiga erishilmoqda:
2015 yilda YAIM tarkibida nodavlat sektorining ulushi 82,9% bo‘lib, ulgurji va
chakana savdo, hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa qariyib 100%i nodavlat sektori
tomonidan ishlab chiqarilmoqda;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 1991 yilda 1,5%ni
tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi
“Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi” qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirish dasturning amalga oshirilishi
natijasida YAIMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 56,7 foizdan oshdi.
YA’ni 2000 yilga nisbatan uning ulushi 1,8 barobar oshganligini ko‘rishimiz mumkin, 2016
yilda esa bu ko‘rsatkich yanada oshirish nazarda tutilmoqda;
2015 yilda YAIM o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri
keldi. YAIMdagi ulushi 1991 yilda 16,3%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda 49 foiz va 2015
yilda
54,5
foizga etdi. Bunda, avvalambor zamonaviy informatsion-kommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan xizmat turlarini tez rivojlantirish hisobiga 2010 yilga nisbatan
xizmat ko‘rsatish 14,0 foizga oshdi. 2016 yilda xizmatlar ko‘rsatish hajmini 2015 yilga
nisbatan 17,4 foizga oshirish nazarda tutilmoqda;
1991-2015 yillar mobaynida YAIMda sanoat ulushi 3 barobar, ya’ni 11%dan
33,5%ga o‘sdi. ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, texnologik
yangilash natijasida sanoat ishlab chiqarish 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 8 foizga,
jumladan iste’mol tovarlari 9,7 foizga o‘sdi. 2016 yilda YAIMda sanoatning ulushi yanada
ko‘paytirib, uning hajmini 2015 yilga nisbatan 8,2 foizga oshirish kutilmoqda.
Jahon iqtisodiyotidagi murakkab holatni hisobga olgan holda Prezidentimiz “Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi
ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi