O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə60/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Xo‘jalik shirkati deganda muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga)
bo‘lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti tushuniladi, bunday
shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik
faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar
16
.
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat yoki kommandit shirkat turlariga bo‘linadi.
To‘liq shirkat deb ishtirokchilari (to‘liq sheriklari) o‘z o‘rtalarida tuzilgan
shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda
uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan
shirkat hisoblanadi.
SHaxs faqat bitta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
To‘liq shirkatning firma nomi yo uning barcha ishtirokchilari nomini (nomlanishini),
shuningdek “to‘liq shirkat” degan so‘zlarni yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining “va
kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan nomini (nomlanishini), shuningdek “to‘liq shirkat”
degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
SHirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning
majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar
(to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari
qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa
qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lsa, bunday shirkat kommandit shirkat deb
hisoblanadi.
Kommandit shirkatda ishtirok etayotgan to‘liq sheriklarning huquqlari va ularning
shirkat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ushbu qonunning to‘liq shirkat ishtirokchilari
to‘g‘risidagi qoidalari bilan belgilanadi.
SHaxs faqat bitta kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘lishi mumkin. To‘liq shirkat
ishtirokchisi kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘la olmaydi.
Kommandit shirkatdagi to‘liq sherik o‘sha shirkatning o‘zida hissa qo‘shuvchi va
boshqa to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas.
Kommandit shirkatning firma nomi yo barcha to‘liq sheriklarning nomlarini
(nomlanishini) va “kommandit shirkat” degan so‘zlarni yoxud kamida bitta to‘liq sherikning
“va kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan holdagi nomini (nomlanishini), shuningdek
“kommandit shirkat” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Agar kommandit shirkatning firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi kiritilgan
bo‘lsa, bunday hissa qo‘shuvchi to‘liq sherikka aylanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin