O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə61/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Aksiyadorlik jamiyati deb ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan
majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt hisoblanadi
17
.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga

16
«Хўжалик ширкатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. 2001 йил 6 декабрь //


Тадбиркорликка оид қонун ҳужжатлари тўплами. 1 том. - Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 2002.
17
«Акциядорлик жамиятлари ва акциядорларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида»ги Ўзбекистон
Республикасининг Қонуни // Тадбиркорликка оид қонун ҳужжатлари тўплами. 1-том. - Т.: Ўзбекистон
Республикаси Адлия вазирлиги, 2002.




64 
oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini
qo‘lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa,
cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili
ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning
nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Jamiyat o‘z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o‘z timsoliga, shuningdek
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o‘z belgi-
alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Jamiyat o‘z firma nomiga ega bo‘ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va
turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o‘zida jamiyat xohishiga ko‘ra boshqa tillarda
o‘zining to‘liq va qisqartma nomlariga ega bo‘lishga haqlidir.

3.2. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari 

Zamonaviy korxona-mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lib, ularning ishlab


chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning
o‘zigagina tegishli bo‘lmaydi. SHu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko‘ra, davlat va
nodavlat, tarmoq belgilariga ko‘ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz
sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish 
miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga
ko‘ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi.
Biroq ushbu belgilardan qat’i nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat
yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu organning
nomi, Nizom jamg‘armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining
lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo‘linmalar ro‘yxati, hisobot
tartibi va hokazolar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy funksiyalari belgilangan bo‘lsa, uning
ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fontlar, pul mablag‘lari va
boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg‘armasiga tayanadi. Nizom jamg‘armasi qonunga
asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar
tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi,
daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg‘armasi
ko‘paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg‘armasi korxonaning iqtisodiy
barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi.
Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:

ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan
mos keluvchi mashinalar tizimi;


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin