ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning
huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib,
o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari
tamoyillarida faoliyat yuritadi.
65
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyingina
huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun birinchi o‘rinda quyidagi
hujjatlar ahamiyatga ega bo‘ladi: muassisning arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani
tashkil qilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat bojini to‘laganlik haqida
kvitansiya va boshqalar.
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega
bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi
va ishonchliligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi
majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
- loyihaoldi (arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i, muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar);
- loyihalashtirish;
- qurish.
Ob’ektlar qurilishiga ruxsat beruvchihujjatlarni rasmiylashtirish. Muhandislik
ta’minoti bo‘yicha yuklamalar hajmi hisob-kitobi bilan birgalikda loyihalashtirishga
topshiriq tuzish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik
shartlarni olish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun Inspeksiyaga
ariza beriladi. Arizaga tuman (shahar) hokimining yangi qurilish uchun er uchastkasi
ajratish to‘g‘risidagi qarori nusxasi ilova qilinadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar
qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh
yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, xo‘jalik sudi tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va
prokuror ega.
Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb
topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror,
davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Qarzdor, agar uning yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini bankrot deb
topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi
taomillar qo‘llaniladi:
kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
kelishuv bitimi;
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni
ixtiyoriy ravishda tugatish bo‘lishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta
ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
66
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan
manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida
kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash
yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha
sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Qarzdorni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish o‘n
ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar
taqdim etilgan paytdan e’tiboran;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi;
bankrotlik to‘g‘risidagi ish prokurorning arizasi asosida ko‘rilayotgan hollarda,
prokuror.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi xo‘jalik sudiga yozma
shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari yoki uning vakillari
tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi
kerak:
ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan e’tiroz
bildirilmayotgan miqdordagi summasi;
qarzdorning xodimlar hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash,
ularga mehnat haqini va to‘lanishi kerak bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash
borasidagi qarz summasi;
mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq summasi;
majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi;
kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi;
qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari, debitorlik qarzi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qarz borligini,
shuningdek
kreditorlarning
talabini
qarzdor
to‘la hajmda qondirishga qodir
emasliginitasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga quyidagilar ham ilova
qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati;
so‘nggi hisobot kunidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi;
qarzdor muassislarining yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘zini bankrot deb
topish to‘g‘risida ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishi haqidagi qarori.
Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan imzolanadi.
67
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasida quyidagilar
ko‘rsatilishi kerak:
ariza berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati
miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy
kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi
dalillar, notariusning ijro xati;
ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qarzdorning kreditor
oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek bu majburiyatlar bo‘yicha qarzi borligini va uning
miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga, agar bor bo‘lsa,
quyidagilar ham ilova qilinadi:
kreditorning qarzdorga bo‘lgan talablarini ko‘rib chiqqan sud qarori;
ijro hujjati yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi
dalillar.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining ustav fondida davlat ulushi
bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonani
bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi xo‘jalik sudiga qarzdorning iqtisodiy nochorligini
tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi.
Davlat soliq xizmati organining qarzdorni majburiy to‘lovlar bo‘yicha bankrot deb
topish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga beradigan arizasiga qonun hujjatlariga muvofiq majburiy
to‘lovlar bo‘yicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar ko‘rilganligi dalillari ilova
qilinishi kerak.
Prokuror qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga
quyidagi hollarda murojaat etishga haqli:
bankrotlikning yashirilgan alomatlarini aniqlaganida;
kreditor manfaatlarini ko‘zlab.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish xo‘jalik sudining majlisida qarzdorni bankrot deb topish
to‘g‘risidagi ariza ish yuritishga qabul kundan e’tiboran uch oydan ortiq bo‘lmagan
muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda ikki
oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Xo‘jalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi
tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab bo‘ladi.
Tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan oshishi mumkin emas. Zarurat
bo‘lganda bu muddat xo‘jalik sudining ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |