O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


  10-mavzu Korxonalarni rivojlanishida xarajatlarni tejash va mahsulot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə72/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

77 


10-mavzu Korxonalarni rivojlanishida xarajatlarni tejash va mahsulot 
tannarxini kamaytirish 
10.1. Korxonalarda xarajatlar, sarflar va mahsulot tannarxi.
10.2. Tartibga solinadigan va tartibga solib bo‘lmaydigan xarajatlar.
10.3. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar. Bevosita va bilvosita xarajatlar.
10.4. Davr xarajatlari. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish usullari.
10.5. Haqiqiy tannarx kalkulyasiyasi va uning usullari.

10.1.Korxonalarda xarajatlar, sarflar va mahsulot tannarxi.

Mamlakat iqtisodiyotining raqobatdoshligini ta’minlash va sanoatda ishlab


chiqarish xarajatlarini qisqartirish asoslari. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev “Tanqidiy
tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil
yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida “Mamlakatimiz
iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy sifat o‘zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir”
18
deb
ta’kidladi. Mazkur sifat o‘zgarishlari eng avvalo iqtisodiyotda sanoat tarmog‘i ulushining
jadal sur’atlarda o‘sib, sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan,
raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib
borayotgani, yangi zamonaviy korxonalar tashkil etilayotgani, iqtisodiyotimizning deyarli
barcha tarmoqlari modernizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatdan yangilanayotgani,
iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi o‘sib, ularning raqobatdoshligi nafaqat ichki
bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib borayotgani orqali namoyon bo‘lmoqda.
Globalizatsiya jarayonining chuqurlashuvi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro
bog‘liqligini kuchayishi, jahon bozorlarida raqobat va moliyaviy-iqtisodiy beqarorlikning
ortishi, mamlakatlarning raqobatbardoshlikigi o‘stirish hisobiga barqaror iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlash yo‘llarini topishga undaydi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini
oshirish bo‘yicha tizimli tadbirlar belgilangan bo‘lib, unda dastlab real sektordagi tovar va
mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tashqi bozorlardagi
raqobatbardoshligini ta’minlash, qat’iy tejamkorlikni qo‘llash, mahsulot tonnarxi va
xarajatlarini pasaytirishni rag‘batlantirish, shu jumladan, energiya tejamkorligini samarali
tizimini qo‘llash va energiya sig‘imini qisqartirish bo‘yicha choralar, ichki bozorda yalpi
talabni rag‘batlantirish va boshqalar belgilangan edi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishni bo‘yicha choralarning amalga oshirilishi,
xom ashyoni qat’iy tejash tizimining qo‘llanishi mahsulot tannarxining 15-20 foizga
pasayishini ta’minladi. 2012 yilda mahsulotning energiya sig‘imkorligi va moddiy
xarajatlarning 10-15 foizga qisqartirilishiga erishildi.

18
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар


фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил
якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг
нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11.




78 
Real sektorda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlarni ishlab
chiqarish, raqobatbardosh tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida xom ashyoni chuqur qayta
ishlovchi tarmoqlar ulushini oshirishga qaratilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar
O‘zbekiston korxonalarining tashqi bozordagi barqaror holatini ta’minlaydi.
“Respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy
sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini o‘stirishga yo‘naltirilgan
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlari, komplekslari va korxonalarini
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning
samaradorligi hamda raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida” qabul qilingan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2010 y. № PQ-1442 sonli «2011-2015
yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
to‘g‘risida» gi qarori bilan tasdiqlangan dasturni amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishini takomillashtirishda yangi bosqich bo‘ladi.
Dasturga ko‘ra sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish orqali uning YAIMdagi
ulushini 2012 yilga qadar 28 foizgacha o‘stirish,yakuniy tayyor mahsulotlarning sanoat
mahsuloti umumiy hajmidagi ulushini 61,2 foizga, sanoat mahsuloti eksportining mamlakat
eksportidagi ulushini esa71,8 foizga, eksport qilinayotgan sanoat mahsulotlari hajmini jami
sanoat mahsulotidagi ulushini esa 63,2 foizga etkazish ko‘zda tutilgan
19
.
Bu parametrlarga erishish uchun 2011-2015 yillar davomida 25,67 mlrd. AQSH
dollaridan ko‘proq investitsiyalarni o‘zlashtirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Sifati va narxi bo‘yicha jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab
chiqarish hajmlarini kengaytirish va yangi mahsulotlar turlarini o‘zlashtirishga katta
miqdordagi investitsiyalarni jalb etish hamda o‘zlashtirish orqaligina erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktyabrdagi 1623-sonli «YAngi
turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan birinchi navbatdagi dasturiga muvofiq,
2012-2016 yillarda hisob-kitoblar bo‘yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo‘lgan
270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha tarmoq dasturlarini amalgaoshirish ko‘zda
tutilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini
ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining past
bo‘lishiga, tannarxining esa asossiz o‘sib ketishiga olib kelayotgan omillarni bartaraf etish
zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan quyidagilar alohida ta’kidlandi:
- korxonalarda mavjud asbob-uskunalar hamda texnologiyalarning salmoqli miqdori
jismonan yoki ma’naviy jihatdan eskirganligi;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada
ekanligi;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish,
mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda
to‘liq hal etilmaganligi;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi qoniqarli emasligi ta’kidlandi.
10.1-jadval

19
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил
якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президентининг
нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11.




79 
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya sig‘imi darajasi, %
Tarmoqlar
2005
2010
2011
2012y.
9oyi
O‘zgarish
2012 y. (+,-), f.p.
2005y.ga
nisbatan
2011
y.ga
nisbatan
Sanoat, jami
11,2
9,7
10,1
10,7
-0,5
0,6
Elektroenergetika
46,9
43,2
47,8
50,6
3,7
2,8
YOqilg‘i
4,7
3,1
3,0
3,3
-1,4
0,2
Qora metallurgiya
7,6
6,5
6,5
7,3
-0,3
0,8
Rangli metallurgiya
10,7
13,6
14,4
14,2
3,5
-0,2
Kimyo va neft kimyosi
24,8
23,3
21,2
20,5
-4,3
-0,7
Mashinasozlik va metalga
ishlov berish
1,7
0,8
0,9
0,8
-0,9
-0,1
Qurilish
materiallari
sanoati
18,4
13,9
13,8
17,4
-1,0
3,6
Engil sanoat
2,5
2,3
2,0
2,5
0
0,5
Oziq-ovqat sanoati
3,5
1,8
1,6
1,9
-1,6
0,2
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
sanoat ishlab chiqarishining energiya sig‘imi 2005-2012 yillarda 11.2% dan
10.7%gacha kamaygan. Energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha yuqori natijalar Kimyo va
neft kimyosi ( 24,8% dan 20,5%ga), oziq ovqat sanoatida (3,5% dan 1,9%ga) yoqilg‘i
sanoatida ( 4,7 dan do 3,3%ga), kuzatildi.
10.2-jadval
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning material sig‘imi darajasi, %
Tarmoqlar
2005
2010
2015
2016y.
9 oyi
O‘zgarish
2016 y. (+,-), f.p.
2005y.ga
nisbatan
2016
y.ga
nisbatan
Sanoat, jami
42,1
44,0
44,3
44,2
2,1
-0,1
Elektroenergetika
3,3
4,5
3,4
2,9
-0,4
-0,5
YOqilg‘i
31,8
35,4
37,7
35,8
4,0
-1,9
Qora
metallurgiya
46,1
51,9
50,9
52,6
6,5
1,6
Rangli
metallurgiya
18,2
22,8
23,3
21,3
3,1
-2,0
Kimyo va neft kimyosi
40,3
39,8
36,7
37,0
-3,3
0,3
Mashinasozlik
va
metalga ishlov berish
69,6
70,9
70,5
71,8
2,2
1,3
Qurilish
materiallari
sanoati
31,9
30,1
30,2
33,2
1,3
3,0
Engil sanoat
72,3
65,8
65,2
66,8
-5,5
1,6
Oziq-ovqat sanoati
63,4
51,7
56,0
63,7
0,3
7,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida
hisoblangan.





80 
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning material sig‘imi darajasini kamayishi
2005-2016 yillarda engil sanoatda (5,5 f.p.ga 66,8%gacha), kimyo va neft kimyo sanoatida (
3,3 f.p. ga 37,0%gacha) kuzatildi Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy yoki bozor
qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat odatda o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va
muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga
mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnik darajasi va mexnat unumdorligi yukori
bo‘lgan korxonalar ko‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jikatdan nochor
korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chikarilgan tovar kiymatining bir kismini yo‘qotadilar va
zarar ko‘radilar.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin