O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə74/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

13-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytirish 
13.1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligining asoslari. Soliqqa tortishning
asosiy tushunchalari.
13.2. Korxonalarning soliq to‘lovlarini optimallashtirish va soliqdan qochish.
13.3. Soliq qonunchiligidagi imtiyozlardan foydalanish.
13.4. Korxonaning shartnomaviy munosabatlarini rejalashtirish. Soliqqa tortish
bazasini kamaytirish.

13.1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligining asoslari. Soliqqa 
tortishning asosiy tushunchalari. 





82 
O‘zbekiston o‘zining mustaqillik yillarida soliqlarni isloh qilib soliq siyosatini olib
bormoqda. 1991 yildan boshlangan Respublika soliqlar tizimini isloh qilish kabi siyosati
tarixini uch bosqichga bo‘lib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi bosqich. 1991-1994 yillar. O‘zbekiston soliqlar tizimining tashkil etilishi,
byudjetni daromad qismini soliqlar bilan ta’minlash.
1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan
olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi qonun Respublika soliqlar tizimiga asos solgan dastlabki
qonun bo‘ldi. Boshlang‘ich bosqichda soliq idoralari xazinaviy masalalarni hal etish, ya’ni
byudjetning muvozanatga erishuvini ta’minlashga yo‘naltirilgan edi. Ammo, hayot soliqqa
tortish tizimini yanada takomillashtirishni talab etardi.
Soliqqa tortiladigan bazaning bozor tarraqiyotini rag‘batlantirish uchun qonunlarga
o‘zgartishlar kiritildi. SHu maqsadda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan qonunda bir qator
o‘zgartirishlar kiritildi. Oborot solig‘i va foydadan olinadigan soliq o‘rniga 1992 yildan
boshlab respublikada qo‘shilgan qiymat solig‘i amal qila boshladi. U iste’molchi
zimmasiga yuklatiladigan asosiy egri soliq sifatida byudjet daromadlarida tushumlarining
barqarorligini ta’minlay boshladi.
Korxonalardan olinadigan o‘rmon solig‘i («To‘nka to‘lovi») va bir qator boshqa
soliqlar bekor qilindi. Daromad (foyda)ga soliq qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, mol-
mulk solig‘i, respublikadan tashqariga olib chiqiladigan mahsulotlarga va xom-ashyo
resurslariga soliq joriy etildi.
1993
yilda
belgilangan
tartibga
ko‘ra asosiy vositalarga hisoblangan
amortizatsiyaning 30 foizi byudjetga olib qo‘yiladigan bo‘ldi.
Xazinani to‘ldirish, shuningdek resurslardan oqilona foydalanish maqsadini ko‘zlab
byudjetga 6 foizli resurslar solig‘i joriy etilgan edi. 1992 yil 15 fevralda 1991 yilda qabul
qilingan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida»gi qonunga qator o‘zgarishlar kiritildi.
1993 yil 7 may kuni «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi qonun qabul
qilindi va ushbu qonunda ularga ta’rif berildi. Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan
soliq, er solig‘i, kurort zonalardagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob’ektlar qurilishiga
soliq, reklama solig‘i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, ularning
egalariga solinadigan soliq yig‘imi - jami 19 turdagi har xil soliqlar va yig‘imlar mahalliy
soliqlar guruhiga kiritiladi. 1993 yilning 7 mayda «Korxonalar, birlashmalar va
tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin