O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə75/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Ikkinchi bosqich. 1995-1997 yillar iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi va yuridik
shaxslarga soliq yukini kamaytirishga bo‘lgan xarakatlar.
1994 yil 30 noyabrda Prezidentimizning yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar
miqdorini kamaytira borish va ishlab chiqarishni soliqlar orqali rag‘batlantirish to‘g‘risidagi
farmoni qabul qilingan edi. SHu farmonga binoan 1995 yil 1 yanvardan boshlab korxonalar
har bir foiz mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirganlarida 0,3 foiz foydaga soliq stavkasi
kamaytiriladigan bo‘ldi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliqlar tizimini
isloh qila borishni talab etadi. Ko‘plab korxonalar va tashkilotlarni foydaga soliq to‘lashdan
daromadga soliq to‘lashga o‘tkazildi. Uning o‘rtacha stavkasi 37 foiz qilib belgilandi. Soliq
to‘lovchilar uchun imtiyozlar tizimi ko‘zda tutildi. 1995 yildan boshlab soliqlar tizimini bir
xillashtirish ishlari boshlab yuborildi. Bir qator kam samarali soliqlar bekor qilindi. Bularga:
respublika tashqarisiga olib chiqariladigan xom-ashyo resurslari uchun soliq, hisoblangan
amortizatsiyadan 30 foizli byudjetga to‘lov va boshqalar. Jamoa xo‘jaligi a’zolari va xalq
xo‘jaligining boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi





83 
o‘rnatildi. YA’ni, jamoa xo‘jaligi a’zolari mehnatiga haq to‘lash fondini soliqqa tortish
bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad solig‘i to‘g‘risidagi qonun tadbiq etildi
va qishloq xo‘jalik xodimlari ham soliqni kolxoz emas o‘zi to‘laydigan bo‘ldi. Fuqarolar
daromadiga solinadigan soliq shkalasi o‘zgartirildi.
Sarmoyadorlar uchun rag‘batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga yordam
berdi. 1996 yilning 1 yanvargacha ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi
korxonalarga soliqlar tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi taqdim
etildi, boshqa barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadga soliqqa o‘tkazilgan edi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin