O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə76/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Uchinchi bosqich, 1997 yildan keyingi yillar soliq islohotlarini chuqurlashtirish.
Soliqlar tizimining rivojlanishi mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar bilan hamqadam
borayotganligini aytib o‘tishga hojat yo‘q.
1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tasdiqlanishi
soliqlar tizimini isloh qilishning hozirga qadar amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichining
boshlanishi bo‘ldi. Bu tamoman qonuniy holdir.
Soliq Kodeksining qabul qilinishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi va soliqqa
tortishning barcha asosi bo‘luvchi huquqiy me’yorlarni yagona hujjatga to‘pladi. Soliqlar
imtiyozlarini tizimlashtirdi; foyda, mol-mulk, qo‘shilgan qiymatni hisobga olish va soliqqa
tortishning xalqaro tizimini o‘rganish va undan foydalanishga imkon yaratdi.
Bu bosqichda yuridik shaxslarga, birinchi navbatda kichik va o‘rta biznes uchun
soliqqa tortish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimini barpo etishga
erishildi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari ihtiyoriy asosda umumdavlat va mahalliy soliqlar
hamda yig‘imlar jamlamasi o‘rniga yagona soliq to‘lay boshladilar. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159–son qarori bilan Kichik
korxonalar va mikrofirmalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash
tartibi joriy etildi.
YAgona soliqning soliqqa tortiladigan oborotlarga nisbatan foizlarda o‘sha vaqtda
quyidagi stavkalari belgilangan edi:
Savdo xarid, vositachi, ulgurji sotish, ta’minot korxonalari – yalpi daromaddan 25
foiz;
qishloq xo‘jaligi korxonalari – 5 foiz;
Xalq xo‘jaligining boshqa sohalari korxonalari – 10 foiz.
Agar ilgarilari aksizlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga
soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi kirmagan bo‘lsa, 1999 yil 10 oktyabrdan boshlab ular
aksiz solig‘ini to‘lash sharti bilan mazkur tizimni qo‘llash tartibi o‘rnatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 apreldagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tartibiga muvofiq yalpi daromad
savdo korxonalari uchun yagona soliqqa tortish ob’ekti bo‘ldi. Јo‘sha vaqtlarda soliq
stavkasi daromadlik darajasiga va faoliyat turlarigi qarab guruhlanardi.
1999 yildan boshlab qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlari), fermer xo‘jaliklari,
agrofirmalar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa ishlab chiqaruvchilari Respublika
Prezidentining «qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er solig‘ini
amalga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26
dekabrdagi 539-son qarori asosida ishlab chiqilgan byudjet bilan hisob-kitoblar
mexanizmiga ko‘ra yagona er solig‘i to‘lovchilari bo‘ldilar. U amaldagi barcha umumdavlat
hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar o‘rniga amalga kiritiladi. SHuningdek, ushbu soliq
turiga doir imtiyozlar ham belgilandi. Bu qishloq mexnatkashlariga hisobot xujjatlarini
qisqartirish imkonini beruvchi soliqqa tortishning soddalashtirilishiga yana bir misoldir.





84 
2010 yilda davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan soliq
og‘irligini yanada kamaytira borish, chetga qat’iy almashtiriladigan valyuta mahsulotlarni
eksport qilganlarga ham daromad (foyda)ga soliqdan, ham mol-mulk solig‘idan
pasaytirilgan regressiv soliq stavkasi qo‘llash siyosatini yuritish joriy etildi. Soliqlar
tizimiga to‘g‘ri soliqlar salmog‘ini kamaytira borish va egri soliqlar salmog‘ini oshiraborish
siyosati yurgizila boshlandi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin