94
oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba
to‘plashni ko‘zda tutadi.
Bu erda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari, yangiliklarni
qo‘llashning samaradorligi baholanadi.
Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson
mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohidagi
vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo‘linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik ta’siri faqat yangi
mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro‘yobga chiqadi.
25
U ancha ko‘proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida
iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko‘payishida namoyon bo‘ladi, ya’ni innovatsion tizim
va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga
moyillik ham oshadi.
Innovatsion jarayonni umumiy ko‘rinishda zanjirga ko‘rinishida yozish mumkin:
FT – AT – I – L – Q – O‘- S ICH – M – Sot,
bu erda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama; L –
loyihalashtirish; Q – qurilish; O‘ – o‘zlashtirish; SICH. – sanoat ishlab chiqarish; M –
marketing; Sot. – sotish.
Bu zanjirchani tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o‘rtasidagi teskari aloqa
omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarning bir qator
xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida hayolan chalg‘imoq), FT –
O‘ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko‘proq davom etishi mumkin) va pallalardan har biri
(FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi
bilan bog‘liq fundamental (nazariy) tadqiqot har qanday innovatsion jarayonning
boshlang‘ich bosqichi bo‘ladi. Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental
tadqiqot bilan bog‘liq ilmiy faoliyat bilan to‘ldirilganyu SHu narsa xarakterliki, FT dan
SICH gacha yangi mu’lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati
borgan sari ko‘nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi.
Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi
sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma’lumotlar va axborotlarni olish va qayta ishlashga
qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita aniq amaliy
vazifalarni echish bilan bog‘lanmagan, ammo xuddi uning o‘zi innovatsion jarayonning
poydevoridir. SHuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning zarurligi amaliyotning ehtiyojlari
va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi bilan asoslanishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko‘ra, amaliy tadqiqotlarda ro‘yobga chiqadilar,
ammo bu narsa darhol sodir bo‘lmaydi. Faqat ba’zi bir tadqiqotlar AT – I – L va h.k.
ro‘yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga
ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan hammasi ham amaliyotda
qo‘llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi – jarayon (masala nazariyasi)ni
anglash va rivojlantirishdir.
Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. Bu
“bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o‘zgartirish, yangi
mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir.
Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruksiyasi yaratiladi va
jarayon loyihalashtirish (L), ko‘rish, o‘zlashtirish (O‘) va sanoat ishlab chiqarishi (SICH)
pallalariga o‘tadi. M va Sot pallalari to‘g‘ridan – to‘g‘ri innovatsion jarayon natijalarini
tijoratli sotish bilan bog‘liqdir.
25
Управление инновациями. Пер. с англ. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2008