O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə89/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

Korxona potensialining ahvolini uning real ahvolining ishlab chiqarish, xodimlar,
moliya va marketingni samarali boshqarishga erishish nuqtai nazaridan optimal holatiga
nisbati bilan belgilaydilar. Ko‘rsatilgan uchta ko‘rsatkichlardan har biri birga teng bo‘lsa,
korxona bozorda yuqori strategik holatga ega bo‘ladi. Ko‘rsatkichlardan birortasi nolga teng
bo‘lsa, korxonaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari kamayadi.
O‘sish strategiyalari bozor talablariga yaxshiroq javob berishi uchun korxona qaysi
yo‘nalishda rivojlanish kerakligini, shuningdek, buning uchun o‘z resurslari etarlimi yoki
chetdan jalb qilish va o‘z faoliyatini diversifikatsiya qilish kerakligini aniqlaydi.
O‘sishni boshqarishni Ansoff matritsasi asosida amalga oshirish mumkin. Bu matritsa
mahsulotlarni sotish istiqbollarining noaniqlik darajasiga yoki mazkur mahsulotning mazkur
bozorga kirish imkoniyatlariga bog‘liq holda mahsulot va bozorlarni tasniflash uchun qurol
hisoblanadi.
Kuchli 
Kuchsiz 
«Optimallashtirish»
«Kuchaytirish yoki ushlab
qolish»
«To‘liq foyda chiqarib
olmoq»
«Ketish»





98 
U yoki bu strategiyaning marketing jihatidan jozibaligi Ansoff matritsasi bo‘yicha
sotilishlar kattaligi va kutiladigan xavf-xatar darajasi bilan aniqlanadi (17.8-rasm).
Mahsulot 

Mavjudbozorlar 

BOZORLAR 

YAngibozorlar 


17.8-rasm. Ansoff matritsasi

Sotilishlarning potensial hajmi mazkur bozor segmentining sig‘imi bilan, xavf-xatar


darajasi esa (% ifodasida) ekspert yo‘li bilan belgilanadi. Olingan ko‘rsatkichlar mazkur
strategiyani amalga oshirish uchun kutiladigan xarajatlar kattaligi bilan ham solishtiriladi.
SHunday qilib, o‘sish strategiyasi muhim bo‘ladi, agar korxona bozordagi o‘zining tovarlari
bilan bog‘liq bo‘lgan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmagan bo‘lsa.
Korxonaning marketing urinishlari har bir strategik kvadrantning yo‘nalishini shartlab
qo‘yadi. Xususan, bozorga kirish strategiyasi, qoida bo‘yicha, an’anaviy xaridorlar bilan
tovarlarni rag‘batlantirish, bozor ulushini ko‘paytirish, raqobatchilardan xaridorlarni yoki
yangi iste’molchilarni jalb qilish.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin