Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org
18.3.Davlat – siyosiy omillar, iqtisodiy omillari, ijtimoiy – demografik omillar, xalqaro, ilmiy–texnologik omillar, huquqiy omillari. Xalqaro savdoda davlatning roli. Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning
umumiqtisodiy yo‘nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksport-
import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug‘rofiy yo‘nalishini tartibga solish bilan bog‘liq
byudjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Tashqi savdo siyosati xo‘jalik rivojlanishining ichki jihatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi
uchun uning bosh vazifasi mamlakat ichkarisida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va milliy
boylikni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan qulay tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish
hisoblanadi.
Erkin savdo siyosati (yoki fritredlik — inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi
sifatida XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi. Uning nazariy jihatdan asoslanishida A.
Smitning mashhur asari - «Xalqlar boyligi tabiati va sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Fritredlik nazariyasi boshqa bir ingliz iqtisodchisi D. Rikardo asarlarida rivojlantirildi va
deyarli nihoyasiga etkazildi. D. Rikardo Adam Smitning raqobat sharoitida erkin tadbirkorlik
ahamiyati va mamlakat iqtisodiyotini «ko‘rinmas qo‘l» hukmronligiga, ya’ni bozorning o‘z-o‘zini
boshqarish qonunlari ixtiyoriga topshiruvchi jamiyatning «tungi qorovuli» sifatidagi davlat roli
haqidagi g‘oyalarini rivojlantirdi.
Erkin savdo siyosatining klassik namunalarini XIX asrning ikkinchi yarmidagi ingliz-sakson
mamlakatlari, ayniqsa, Buyuk Britaniya va uning dominionlari (1947 yilgacha Britaniya tarkibiga
kirgan, rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan davlatlar) iqtisodiyotida kuzatish mumkin. Hozirgi paytga
kelib fritredlik tizimining klassik ko‘rinishi davlat ixtiyorida bo‘lgan biror-bir mamlakat qolmadi.
Davlatning nufuzli tashkilotlarini tartibga solish borasida rolini sezilarli oshganligini hisobga olsak,
bu o‘z-o‘zidan tushunarli, albatta. Biroq erkin savdo siyosatining unsurlari ko‘plab mamlakatlarning
iqtisodiy kursida hozir ham sezilarli, ayniqsa, rivojlangan va hududi hamda resurslari jihatidan
kichik bo‘lgan mamlakatlarda, masalan, Singapurda.
Iqtisodiy nazariyada odatda erkin savdo proteksionizm siyosatiga (ingl. protection — himoya,
homiylik), ya’ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor tamoyillarining salbiy ta’sirlaridan
himoyalash maqsadida davlat tomonidan joriy etiladigan iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlar
tizimi qarama-qarshi qo‘yiladi.
Proteksionizm o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon mavjud. Bu
siyosatning prinsiplari nazariy jihatdan amerikalik davlat arbobi A. Gamilton (XVIII asrning oxiri)
va taniqli nemis iqtisodchisi F. List (XIX asrning o‘rtalari) asarlarida ishlab chiqilgan. Biroq
proteksionizm amaliy chora-tadbirlar seriyasi sifatida sayyoramizda so‘l (SSSR) va o‘ng
(«Uchinchi reyx» - fashistlar Germaniyasi) siyosiy oqimlarning totalitar rejimi davrida o‘z
kulminatsiyasiga etgan. Bu mamlakatlarda savdo sohasiga davlat monopoliyasi xos edi.