O'quv ustaxonasini tashkil qilish va jihozlashning ahamiyati mundarija: kirish I bob. O'Quv ustaxonasida darsni tashkil qilish



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə9/11
tarix01.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#136927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'QUV USTAXONASINI TASHKIL QILISH VA JIHOZLASHNING AHAMIYATI

Buriladigan tiskilar. (3-rasm, b) ularning asosi 4 ga qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas jag‘li buriladigan qism o‘rnatiladi, u vertikal o‘q atrofida burilishi mumkin. Kerakli richag 5 yordamida maxkamlab quyiladi. Buriladigan tiskilar universal xarakterdagi ishlarni bajarishga imkon bergani uchun keng tarqalgan.
Bu mashg‘ulotda tayyorlanadigan detal va buyumlarning aniq o‘lchamli sifatli bo‘lishini ta’minlashga yordam beradigan Chilangarlik nazorat qilish va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi va ishlatilishi vaqtida rioya qilinadigan xavsizlik texnikalari xaqida tushuncha berilib, o‘lchash va rejalashni mashq qildirishga o‘tiladi. Bunda keyinchalik qiyish, qirqish, arralash yuli bilan olinadigan detal va buyumlarga mos materiyallar rejalanadi.


2.2.O‘lchov va rejalash asboblari haqida ma’lumot berish.
Chilangarlik o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarda xosil qilingan dastlabki ko‘nikma va malakalar asosida aniqlik darajasi 0,01mm gacha bo‘lgan turli konstruksiyadagi kontrol - o‘lchov va rejalash ishlari o‘rgatib boriladi. Bu asboblardan foydalanib chiziqli o‘lchamlarni va burchaklarni o‘lchash, yassi sirtlarni tekisligi va bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchakliligini tekshirish, chiziqli va burchakli reja chiziqlari chizishda etarli mexnat malakalari xosil qilinadi. Bu maqsadda kontrol–o‘lchov va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi, ishga sozlash usullari o‘rgatib boriladi.
Masshtabli lineyka yordamida zagatovka va buyumlarning chiziqli o‘lchamlarini o‘lchash, tayyor detallarning o‘lchamini tekshirish, kronsirkul va nutrometrlar yordamida olingan o‘lchamlarni xisoblash, sirkulni o‘lchash sozlash ishlari bajariladi. Masshtab lineykasidan rejalash ishlarida ham foydalaniladi.

5-rasm. O‘lchovchi asboblar.
Masshtabli lineyka, guniya va andaza (shablon) lar yordamida rejalash (chizish) ishlarini bajarishda turli konstruksiyadagi po‘lat chizg‘ichlardan foydalaniladi. Metallarni bevosita rejalashda qalamdan foydalanilmaydi, chunki qalam bilan chizilgan reja chizig‘i metallga ishlov berishda o‘chib ketib, ish aniqligining buzilishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun metallarni rejalashda faqat po‘lat chizg‘ichlar ishlatiladi.
CHizg‘ichlar asosan asbobsozlik uglirodli po‘latlardan tayyorlanadi U13, U12, U13A, U12A

6a-rasm Chizg‘ichlar.

Kerner (6b-rasm. 1) reja chiziqlarining o‘chib ketishini xisobga olib ularning ustidan nuqta tushirish, parma o‘rnini kernerlash uchun ishlatiladi. Kernerlar U7A, U8A markali uglerodli 7XF, 8XF markali ligerlangan po‘latlardan tayyorlanadi va ular toblanadi.


Mikrometr (6b-rasm.a) 0,01mm aniqlikda o‘lchash imkonini beradi. Ular 0-25,25-50, 50-75, 75-100mm va xokazo o‘lchamlar qilib tayyorlanadi.
Mikrometr skabasi 1 uning bir tomoniga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan tovon 2 ikkinchi tomoniga o‘rnatilgan vtulka stebel5 dan iborat. Vtulka mikrometrlik vint-shpindel 3 kiritiladi. Vtulkaga gilza baraban 6 kiydirilib uning aylanasi bo‘ylab 50 bo‘limli nonius darajalangan. Mikrometrlik vint qalpoqcha yordamida barabanga qotirilib uning uchiga trishchotka 7 o‘rnatiladi. Natijada mikrometrlik vint vtulka ichida baraban uning tashqarisida birgalikda buriladi. O‘lchash vaqtida mikrometrik vint 50mm li, 75-100mm lisida 75mm li va xokazo sterjenlar bo‘ladi.
SHtangensirkul (6v-rasm.) unversal o‘lchov asbobi bo‘lib uning yordamida chiziqli o‘lchamlari tashqi va ichki o‘lchamlarini, chuqurlarini o‘lchash tayyor detal va buyumlarning o‘lchamlarini tekshirish, shuningdek rejalash ishlari bajariladi. Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, …1500 va 2000mm gacha o‘lchash imkonini beradi.
Aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02mm gacha shtangensirkullar ishlab chiqariladi.

6b.-rasm.

6v-rasm.



Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin