O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar: FK-1: rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, TK-2: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish. TK-4: orasta kiyinish; ozodalikka rioya qilish;
Dars turi: Yangi bilim berish, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Interfaol, mustaqil ish, klasster
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
Uy ishini tekshirish
4 daqiqa
3
Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish
2 daqiqa
4
Yangi mavzuni yoritish
14 daqiqa
5
Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni
10 daqiqa
6
O’rtog’ingni tekshir bellashuvi
10 daqiqa
7
Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash
2 daqiqa
8
Uyga vazifa
1 daqiqa
9
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism:a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
c) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Yurt tinchligi” mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi Uzbek alphabet – o’zbek alifbosi.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.Tarqatmalar yordamida o’quvchilarni darsga jalb etish.Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash.
III Yangi mavzu bayoni O’qituvchi o’quvchilarni ona tili darsligi bilan tanishtiradi. Darslikning mualliflari bilan tanishtirish.
Darslikda berilgan mashqlarning shartli belgilari bilan tanishtirish.
1– mashq. Rasmda kimlar tasvirlangan?
So‘zlarni o‘qing. Qaysi tovush so‘z ma’nosini o‘zgar ti ryapti?
aka — uka, ota — ona — opa,
bola — xola, buva — buvi.
Tovushlar sonini aniqlang. Ko‘chiring.
Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz. O‘zbek tilida 30 ta
tovush bor.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Shoir Muhammad Yusufning Ona tili she’rini ifodali o’qish.
Ona tilim Ona tilim, jon tilim, Sen o‘zingsan jon-dilim. Yuragimning to‘rida Sayrab turgan bulbulim. Sen borsan — men tirikman, Suyumliman, suyukman. Men sen bilan ardoqli, Men sen bilan buyukman.
Muhammad Yusuf
Topshiriq: She’rni yod oling.
O’quvchilar ishini nazorat qilish. Topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilarni rag’batlantirish. V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. Uyga vazifa. 2-mashq. O‘qing. So‘zlarning
bitta to vushini tushirib, yangi so‘z hosil qiling.
A nhor — bahor —
hunar — dona —
So‘zlarning ma’nosini o‘zgartirayotgan tovushni ayting. So‘zlarni juft holda yozing.
O`IBDO`:____________________________