I Tashkiliy qism.a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) ma’naviyat daqiqasi “Odobli bola elga manzur”mavzusida suhbat
d) ingliz tili daqiqasi 16.sixteen - o’n olti, 17. seventeen – o’n etti.
II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tgan mavzuni mustahkamlab yangi mavzu bilan bog’lash. III Yangi mavzu bayoni O'quvchilarni mustaqil ishlashga jalb etish. Masalalarni guruhlar orasida bajarish topshiriqni to’g’riligi o’rtoqlar ozaro tekshiradilar. Bo‘linmaning birinchi raqamini sinashda 10 soni hosil bo‘ladigan holda sinash raqamini aniqlash usulini qarab chiqing:
Tushuntirish: 1 080 ni 135 ga bo‘lish kerak. Bo‘lamiz: 1 080 ni 100 ga, 10 chiqadi, lekin 10 soni bo‘linmaning sinash raqami bo‘la olmaydi, chunki xonada eng katta birlik 9. 9 ni olamiz.
Ko‘paytiramiz: Tekshiramiz: 135 ni 9 ga ko‘- paytiramiz, 1 215 chiqadi, bu 1 080 dan katta, demak, bo‘linma 9 dan kichik bo‘lishi kerak. 8 ni tekshirib ko‘ramiz.
Tekshiramiz: 135 ni 8 ga ko‘paytiramiz, 1 080 chiqadi. Bo‘linma 8.
2. 1 026 : 171 = 6 15 168 : 237 = 64 125 256 : 408 = 307
IV Mustahkamlash 3. G‘isht teruvchi ikki usta birgalikda ishlab 119 920 ta g‘isht terdi. Birinchi usta 17 kun ishladi va har kuni 2 860 ta g‘isht terdi. Qolgan g‘ishtni ikkinchi usta 23 kunda terdi. Ikkinchi usta har kuni nechtadan g‘isht tergan?
Yechish: 2860 ∙ 17 = 48620 119920 – 48620 = 71300 71300 : 23 = 3100
Topshiriqni o’quvchilar doskada o’qituvchi yordamida bajaradilar.