I Tashkiliy qism.a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi “ Fasllar”mavzusida suhbat
d) ingliz tili daqiqasi 18. eighteen - o’n sakkiz, 19. nineteen – o’n to’qqiz.
II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tgan mavzuni mustahkamlab yangi mavzu bilan bog’lash. III Yangi mavzu bayoni 1. Bo’lish qanday bajarilganini tushuntiring:
2. 498 681 : 827 = 603 145 070 : 163= 890 163 449 : 381= 429
3 . To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydonning bo‘yi 22 m, eni 10 m. Shu maydon o‘rtasida kvadrat shaklida ikkita bir xil gulzor ajratildi. Agar gulzor (kvadrat) ning tomoni 6 m bo‘lsa, qolgan joyning yuzini toping.
Yechish:22 ∙ 10 = 220 m2 6 ∙ 6 ∙ 2 = 72 m2 220 – 72= 148 m2 IV Mustahkamlash 4. Maktab uchun televizor, printer va kompyuter sotib olinib, hammasiga 408 000 so‘m to‘landi. Agar televizorning bahosi 112 000 so‘m, televizor bilan printer birgalikda 211 000 so‘m tursa, printer qancha turadi va kompyuter qancha turadi?
Yechish: 211000 - 112000 = 99000 408000 – 211000 = 197000
Javob: Printer 99000 so’m, kompyuter 197000 so’m.
V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 5 – 6 - misol va masalalar.
5. 936 : 117 = 8 872 : 218 = 4 2 562 : 427 = 6 7 254 : 806 = 9
6. Tenglama tuzib yeching:
1) Agar 1 873 ni noma’lum songa kamaytirsak, 227 hosil bo‘ladi. 2) Agar noma’lum sonni 60 marta kamaytirsak, 137 hosil bo‘ladi.
1873 – x = 227 x : 60 = 137
X = 1873 – 227 x = 137 ∙ 60
X = 1646 x = 8220