O'quvchilarda jismoniy tarbiya va sog'lom turmush tarziga oid ko'nikmalarni shakllantirish. Mundarija kirish


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 115,5 Kb.
səhifə2/7
tarix03.05.2023
ölçüsü115,5 Kb.
#126269
1   2   3   4   5   6   7
O\'quvchilarda jismoniy tarbiya va sog\'lom turmush tarziga oid ko

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning mavjud pedagogic asoslari o’rganildi, sog’lom turmush tarzini rivojlantirishda boshlang’ich sinflarda samarali usul va vositalar belgilandi.
Tadqiqot ishining tarkibi:
Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI
1.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga e’tibor yana kuchaydi. Ayniqsa yoshlarni sog’ligini saqlash sohasidagi ijobiy o’zgarishlarni har qadamda sezish mumkin.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimiga qarashli qaysi turdagi muassasani olmaylik, ularda shifokorlar va malakali hamshiralar xizmat ko’rsatishmoqda.
Umumta’lim maktablari o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, kasal o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlash, ularni sog’lomlashtirish, turli kasalliklarni oldini olish ishlari keng yo’lga qo’yilgan..
Bugungi kunda sog’lom turmush tarzini shakllantirish ham o’tgan davrlardagidek muhim hisoblanadi va bu muammo ham o’tgan davrlardagidek ijtimoiy muammo sifatida o’rganilgan. Bu borada bir qator pedagog olimlarimiz tadqiqot ishlarini olib borib tavsiyalar berganlar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar zararli odatlar va ularni bartaraf etish yo’llari pedagog olimlar M.Abdulaziz, M.Axmedov, M.Axmatov, M. Ikromova, O.Najmiddinov, I.Nasritdinov, X.Raxmatov, T.Uzoqov va boshqalar ishlarida o’rganilgan.
Fiziolog olim B.Chumakov o’quvchilarda sport bilan shug’ullanish, to’g’ri ovqatlanish qoidalari, kun tartibiga rioya qilish, zararli oqibatlarga berilmaslik va to’g’ri dam olish haqidagi tavsuiyalarni ishlab chiqdi. [ Chumakov B.N Vamologiya kurs leksiya. M. 1999, 405 b]
Sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ekologik muammolar yechimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada I.Alibekov, P.Baratov, E.Turdiqulov, Sh. Qurbonov, A.Ikromov, B.Xolliyev, A.To’xtayev, Yu. Shodimetov va boshqalar tadqiqotlari ibratlidir. Xususan, respublikamiz olimlari pedagogika fanlari doktori, professor E.O.Turdiqulov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent J.T. Siddiqov taqrizlari ostida mualliflar: K.Roziqov, A.To’xtayev, A.Nigmatov R.Sultonov tomonidan “ Ekologiya va atrof – muhit muhofazasi haqida yeti saboq ” ekologiyadan o’quv qo’llanma taqdim etilgan. “Hozirgi davrda, xususan, ilm-fan va texnika, turli xil texnologik jarayonlarga ehtiyoj nihoyatda ortgan sharoitda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ekologiya va atrof-muhitning muhofazasi asoslaridan nazariy hamda amaliy bilim berishga mo’ljallangan adabiyotlaeni tayyorlab, chop etib va iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazish davr talabi”.

Yüklə 115,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin