3. Tarbiya metodlarini tanlashga nisbatan qo’yiladigan talablar. Tarbiya metodlarining tuzilishi va tanlanishini belgilovchi bog’liqliklar ichida birinchi o’rinda uning jamiyat ideallari va tarbiya maqsadlariga muvofiq kelishi turadi.
Tarbiyachi amaliy faoliyatida tarbiya metodlarini tanlashda, odatda, tarbiya maqsadlari va uning mazmuniga tayanadi. Konkret pedagogik vaziyatlardan kelib chiqib, tarbiyachi qanday metodlardan foydalanishni o’zi hal etadi. Bu metod xoh mehnat ko’nikmasini ko’rsatish bo’lsin, xoh ijobiy namuna yoki mashq bo’lsin, bular, avvalo, ko’plab omillar va sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, tarbiyachi shu holat uchun eng mahqul keladiganini tanlaydi.
Metod yaxshi ham, yomon ham bo’lmaydi. Tarbiyaga metodlar emas, balki ularning tizimi asos qilib olinadi. Mahlum tarbiya natijalariga erishish uchun qo’llanilayotgan metodlar bir xilda bo’lsa-da, sharoit, holatga qarab turlicha variantlarda qo’llanilishi mumkin. Bu o’rinda pedagogik mahorat shundaki, tarbiyachi o’quvchilar rivojlanishining yosh va o’ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlariga mos eng qulay tarbiya metodlarini topadi va qo’llaydi.
Shaxs ongini shakillantirish metodlari.
SHaxs ma’naviy hayoti va faoliyatida tor doiradagi qarashlar hamda ilmiy ong o’rtasida doimo kurash ketadi. Faoliyat va munosabat sohasining kengayishi, insonning o’z ichki dunyosiga bo’lgan shaxsiy ehtiyojining ortib borishi, hayotida yangi hodisalar bilan ro’baro’ bo’lishi o’quvchidan chuqur mushohada yuritishni, muammolarni hamma narsaga intilish orqali hal etishni talab qiladi. Paydo bo’layotgan savollarga, muammolarga javob izlash shunga olib keladiki, o’quvchining ong zahirasi, qarashlari, tushuncha va dunyoqarashi, baho berishi, xulosa chiqarish imkoniyati yetarli emasligi mahlum bo’ladi. Bu o’rinda shaxs ongiga yangi bilimlar, talablar, mehyor, qoida va qonuniyatlarni kiritishda tarbiyachi yordamga keladi. Anglab yetilgan va g’oyaviy asoslangan bilimlar esa o’quvchida qathiy hamda o’ziga xos qarashlar va ishonch tizimining yuzaga kelishiga asos bo’ladi.
Ushbu guruh metodlarining 2 ta vazifasi mavjud: ulardan birinchisi o’quvchi ongiga axloq, mehnat jarayoni, estetik bilimlar to’g’risidagi nazariyalarni singdirishdan iborat bo’lsa, ikkinchisi - o’quvchining shaxsiy tajribalarini, uning harakatlari, faoliyati, xulq-atvorini umumlashtirishdan iborat.
Ushbu metodning bosh quroli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning nutqi hisoblanadi va u o’quvchining faol-hayotiy o’rnini belgilash, o’z qarashlarini, fikr-mulohazalari, printsiplarini asoslash va himoya qilishga o’rgatadi. Mazkur metodlar guruhi o’quvchilarni o’z-o’zini anglashga va, oxir-oqibatda, o’z-o’zini tarbiyalashga olib keladi.
Ongni shakllantirish metodlari murakkab ijtimoiy, axloqiy, mehnat, estetik mehyor va tushunchalarni konkretlashtiradi, faoliyatning emotsional holatini yaratadi, ijobiy axloqiy, ijtimoiy motivlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Har bir yosh davrida bu metodlar yanada ko’proq, kengroq va chuqurroq mahno kasb etib boradi.
Masalan, kichik yoshdagi o’quvchilarni ishonarli dalillar yordamida ishontirish mumkin bo’lsa, o’smirlik yoshidan bolalarni misollar bilan emas, balki mantiqiy asoslash orqali, katta yoshdagi o’quvchilarni axloqiy tushunchalarni atroflicha chuqur asoslash, bir necha ko’rinishlarni qiyosiy tahlil etish orqali ishontirish zarur bo’ladi. Katta yoshdagi o’quvchilarda qathiy ishonchni yuzaga keltirish uni ko’proq munozara-bahslarga taklif etish va shu orqali boshqalarda o’zining fikri qandayligini anglab yetish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu metodlar guruhiga kiruvchi suhbat metodi turli ko’rinishlarga ega bo’lib, undan siyosiy, estetik, axloqiy va boshqa ko’rinishlarda foydalanish mumkin.
Suhbat metodining asosiy vazifalari - voqea, axloqiy ko’rinishlar, ijtimoiy turmushdagi hodisalarga munosabat bildirish, ularni baholashdan iborat bo’lib, oqibatda tarbiyalanuvchining o’rab turgan borliqqa, o’zining fuqarolik, siyosiy va axloqiy burchlariga qarashlarini shakllantirishdan iborat. Agar suhbat davomida muhokama etilayotgan masala, muammo bola shaxsiy tajribasida tayanch topa olsa, uning ishontiruvchi kuchi yuqori bo’ladi. Ushbu metodning ijobiy tomoni shundaki, avvalo, turmush va faoliyatning har qanday ko’rinishiga faol munosabat bildiriladi, o’quvchi qiziqqan savollariga javob topadi, bolalarning har bir faoliyatda o’z o’rni bo’lib, qo’yilgan masalalarning jonli muhokamasida erkin ishtirok eta oladi, aniq holatni o’ylab, fikrlash imkoni yaratiladi.