O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish asoslari


O ‘quvchining kasb-hunarni ongli ravishda tanlashi va kasbiy o‘zligini anglash jarayoni “Kasb tanlash bosqichlari” nomli



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/5
tarix27.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#125966
1   2   3   4   5
oquvchilarni kasb hunarga yonaltirish

O ‘quvchining kasb-hunarni ongli ravishda tanlashi va kasbiy o‘zligini anglash jarayoni “Kasb tanlash bosqichlari” nomli 6-slaydida ko‘rsatilgan. Undan 9 sinfda “Kasb tushunchasining ta’rifi. Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli”, “Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik, qobiliyat va o‘quvchining imkoniyatlari. O‘smir va muomala psixologiyasi” 1-, 2-mavzular mazmunini o‘quvchilarga tushuntirish uchun foydalanish tavsiya etiladi.
6-slayd
Slayd bilan ishlaydigan o‘quvchi o‘zining orzusi bilan qiziqishi, bilimi, layoqati, moyilligi, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlagan kasbiga nisbatan kuchli qiziqish bor yoki yo‘qligi, shu kasbni keyinchalik ham qiziqish bilan davom ettira olish yoki olmasligi haqida tushunchaga ega bo‘ladi. O‘quvchini qiziqishi orqali tanlagan kasbining jamiyat ehtiyojiga mos kelishi yoki yo‘qligi haqida o‘ylashga majbur etadi.
O‘qituvchi har bir o‘quvchini kasb tanlashda o’zining qiziqishi, bilimiga va jamiyatdagi ehtiyoj bilan mos kelish yoki kelmasligi haqida o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashishga yordam beradi.
Mazkur slayddan kasbga yo‘naltirish kursining “Kasb tanlashga doir reja tuzish”, “Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli” mavzulari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishda ko‘rgazmali vosita sifatida foydalaniladi.
“Qiziqishlar xaritasi” metodikasi bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarga tushuntirish uchun ko‘rgazma sifatida ishlatish mumkin.
Bilaman. Bilim-shaxs rivojlanishi davomida egallangan axborotlar majmuidir” nomli 7-slaydidan 8-sinfda “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi” 24-mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda foydalanish tavsiya etiladi.
Slayd bilan ishlaydigan o‘quvchi tanlagan kasblar haqidagi bilimini faqat o‘qituvchidan emas oila a’zolari, yaqinlari, tanishlaridan ham olishi mumkinligi haqida ma’lumot va maslahat oladi. U o‘quvchini o‘zi qiziqqan kasbining ustalari haqida ham ma’lumot yig’ishga, ular bilan suhbatda bo‘lishga undaydi.
7-slayd
O‘qituvchi turli kasb egalarining yutuqli qirralari haqida ma’lumot yig‘ishga kirishadi. Axborot vositalaridan foydalanadi.
Mazkur slayddan kasbga yo‘naltirishk kursining “Kasb tanlashga doir reja tuzish”, “Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli” mavzulari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishda va “Qiziqishlar xaritasi” metodikasi bilan ishlash jarayonida ham o‘quvchilarga tushuntirish uchun ko‘rgazmali vosita sifatida foydalaniladi.
Xohlayman. Qiziqishlar va moyilliklar” nomli 8-slaydidan 8-sinfda “Kasblar tasnifi, kasb tiplari va turlarining ta’rifi” 19-20-mavzularni, 9-sinfda “Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik, qobiliyat va o‘quvchining imkoniyatlari. O‘smir va muomala psixologiyasi” 2-mavzu, “Qiziqish va qobiliyatni fniqlash usullari” 4-mavzu va “Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Kasbiy qiziqish vamoyilliklarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarish” 13-mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishda foydalanish tavsiya etiladi.
Mazkur slayd bilan ish jarayonida o‘quvchi xohishi bilan qiziqishlari va moyilligi, hayot ehtiyojlari bir biri bilan mos keladimi yoki yoqligi haqida tassavur va tushunchalarga ega bo‘ladi, ular to‘g‘risida uylab ko‘radi. Fikrini jamlab kasblar haqida to‘liq ma’lumot olishga undaydi.
8-slayd
O‘qituvchi har bir kasblar turlari o‘quvchining qiziqishi, hayot ehtiyojlarini qondiqirishi yoki yo‘qligi haqida tushuncha beradi.
Mazkur slayddan ham kasbga yo‘naltirish kursining “Kasb tanlashga doir reja tuzish”, “Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli” mavzulari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishda va “Qiziqishlar xaritasi”, “Xolland”, “Shaxs tiplari va ularga mos keluvchi kasblarni aniqlash” metodikalari bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarga tushuntirish uchun ko‘rgazma vosita sifatida foydalaniladi.
Uddalayman. Layoqat va salomatlik” nomli 9-slaydidan 8-sinfda texnologiya fani darslarida “Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo‘yiladigan talablar, inson salomatligiga mos keluvchi kasb-hunar egallash yo‘llari, kasbga yaroqlilik, yaroqsizlik, mos kelish, havas”, “Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatligiga qo‘yilgan talablar haqida referat tayorlash” 22- va
30-mavzularni o‘rganish jarayonida foydalanish tavsiya etiladi.
9-slayd
O‘quvchi o‘z qiziqishi bilan tanlagan kasbiga sog‘ligi uning layoqati mos kelish kelmasligi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi, tanlagan kasbining sodiq egasi bo‘la oladimi yoki yo‘qmi yana bir bor uylashga uning uchun harakat qilishga undaydi.
O‘qituvchini har bir kasb uchun insonning sog‘lig‘i to‘g‘ri kelishi, yoki hayotda tanlagan kasbi bilan qiynalishi to‘g‘risida o‘quvchilarga to‘liq va keng yoritilgan ma’lumotni tavsiya qilishga undaydi.
Mazkur slayddan ham kasbga yo‘naltirish kursining “Kasb tanlashga doir reja tuzish”, “Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli” mavzulari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishda va “Qiziqishlar xaritasi”, “Kommunikativ tashkilotchilik qobiliyati”, “Psixogeometriya”, “Xolland” metodikalari bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarga tushuntirish uchun ko‘rgazma vosita sifatida foydalaniladi.
Kerak. Jamiyatning kasb-hunarlarga bo‘lgan ehtiyojlari” nomli
10-slaydidan 9-sinfda texnologiya fani darslarida “Kasb tarbiyasi, kasbiy burch, kasb ma’suliyati va kasb etikasi ”, “Tanlagan kasb-hunarga doir ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish”, “Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. Kasbga tanlashga yo‘llashda mahalla, oila va maktab hamkorligi”
10-11-12-mavzularni o‘rganish jarayonida foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin