O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə5/5
tarix27.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#125966
1   2   3   4   5
oquvchilarni kasb hunarga yonaltirish

11-slayd
O‘qituvchi o‘quvchilar tuzgan reja asosida o‘quvchilardagi bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qiladi va to‘g‘ri yullanma beradi.
Mazmun mohiyati bayon etilgan 7-, 8-, 9-, 10-, 11-slaydlardan 8-, 9-sinflarda “Kasbga yo‘naltirish” kursi mashg‘ulotlarini o‘tishda foydalaniladi. Bu ko‘rgazma vositalar o‘quvchilarni nafaqat kasblar to‘g‘risidagi axborotlar bilan tanishtirish, balki ularni o‘z-o‘zini baholash, kasbiy o‘zligini anglash va ongli kasb tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ustivor soha ekanligini hisobga olib, umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati va butun pedagogik jamoasi kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga mas’uliyat bilan yondoshmoqlari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish xonalarini mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda zamon talablariga mos keladigan darajada jihozlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni ko‘rmoqlari darkor.
Kasb-hunarga yo‘naltirish xonalarini jihozlashda tavsiya etilayotgan slaydlarning ushbu tavsiyalarda keltirilgan ketma-ketligi saqlanib qolishi lozim. Har bir slaydning (stendning) mohiyati qo‘shimcha axborotlar va ko‘rgazma vositalaridan foydalangan holda batafsil yoritib borilishi darkor.
Tavsiyalarda keltirilgan materiallar umumiy bo‘lib maslahat ko‘rinishiga ega, ular hududiy shart-sharoitlardan kelib chiqib, to‘ldirilishi va amaliy tadqiqotlar hamda tajribalarga ko‘ra boyitib borilishi mumkin.



Aim.uz



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin