Organizational Patterns in Informational Text Education Presentation in Blue Green Friendly Hand Drawn Style



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#135432
  1   2
ShaxnozaMaktagachaTalim



Xolmurodova Shaxnoza
Tarbiyachi va
pedagoglarning
jamiyatda tutgan o
ʻ
rni


Kirish
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
Tarbiyachiga qo’yiladigan talablar
Tarbiyachi kompetensiyasi
Kompetensiyani turlari
Pedagogning sifatlari
Xulosa
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Reja


Tarbiyachi yosh avlodimizni
xalqimizning munosib farzandlari qilib
tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan
birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining 
siyosiy 
yetukligi
bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq
hamda 
jamiyat 
oldidagi 
o‘z
mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya
vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z
mahoratini doimo takomillashtirib
borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga
yordam beradi.
Kirish


Tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan
hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy
faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar
ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini
bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil
qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama
rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.
Mustaqillik 
munosabati 
bilan 
respublikamiz 
rahbariyati
tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil
inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va
tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga
o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika
miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan
respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga
bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. 
Tarbiyachi va uning
jamiyatda tutgan o‘rni


Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi
kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy
o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va
qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini
har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun
o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy
qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy
madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom
ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat
ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim
maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi
bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. 
Tarbiyachi va uning
jamiyatda tutgan o‘rni


Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.
Aqliy qobiliyatini o‘stirish.
Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy
tamoyillariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib
toptirish.
Ona 
vatanga 
muhabbatini, 
ijtimoiy 
faollikni
shakllantirish.
Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va
mehnatsevarlikni tarkib toptirish.
Har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi
davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga
qo‘ygan talablarni amalga oshirishi kerak.
Bunga quyidagilar kiradi:
Tarbiyachiga qo’yiladigan
talablar


“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga
psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli
kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan
hollarda 
mutaxassisning 
o‘zini 
qanday 
tutishi,
muloqotga 
kirishishi, 
raqiblar 
bilan 
o‘zaro
munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni
bajarishda, 
ziddiyatlarga 
to‘la 
ma’lumotlardan
foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab
jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Tarbiyachi kompetensiyasi


Kompetensiyani turlari
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay
olinishidir.
Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga
egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik–kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-
pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib
borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion
va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
Psixologik kompetentlik–pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish,
talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli
salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
Metodik kompetentlik– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim
yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay
olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;


Kompetensiyani turlari
Informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni
izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o‘zining ijodkorlik
malakalariga egaligini namoyish eta olish;
Innovatsion kompetentlik–pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash,
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni
amaliyotga samarali tatbiq etish;
Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar
bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib
borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni
o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan
chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish
malakasiga egalik.


 kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni
o‘zlashtirish.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z
ustida ishlash, o‘zo‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga
ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish
va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida
ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy
BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida
amaliy harakatlarni tashkil etishi.
O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:
Kompetensiyani turlari


Aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni
takomillashtirish;
Pedagogik 
jarayon 
samaradorligini, 
o‘zining
ishchanlik faolligini oshirish;
Izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik
bilimlarni o‘zlashtirish;
Ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan
xabardor bo‘lish;
Faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini
samarali tatbiq etish;
Kasbiy va malakalarini takomillashtirish;
Ko‘nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish,
bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan
amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Pedagogning sifatlari:


1. Tarbiyachi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan
o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini
chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri,
asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
2. Zamonaviy tarbiyachining ilm-fan, texnika va texnologiya
yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.
3. Tarbiyachi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga
ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
4. Tarbiyachi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta
bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil
etishi kerak.
5. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod
va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega
bo’lmog’i lozim.
6. Tarbiyachi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga
ega bo’lishi shart.
Bizning nazarimizda, zamonaviy
tarbiyachi qiyofasida quyidagi fazilatlar
namoyon bo’la olishi kerak 


 7. O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika
(nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o’zlashtirib olishga
erishishlari lozim. O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida
aks ettira olishi kerak:
a) nutqning to’g’riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan
kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda
o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar)
hamda konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) so’zlardan holi bo’lishi,
o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli va samarali
foydalana olish).
9. O’qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchining
diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda
tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi.
10. O’qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.
Bizning nazarimizda, zamonaviy tarbiyachi qiyofasida quyidagi
fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak 


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, Oila va
Jamiyatning ham birdek xissasi bordir. Chunki bola oilada ilk bor ta’lim- tarbiya
olsa, uni maktabgacha ta’limda yanada shakllantiradi, mustahkamlaydi va qisqa
tushuntirish, nasihat yoki o‘yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan
tarbiyani esa albatta jamiyat va o‘zaro munosabatlarda qo‘llaydi. Bu esa bola
tarbiyasining asosi hisoblanadi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib
farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli
vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati
uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini
hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va
hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi.


Foydalanilgan
adabiyotlar

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin