Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences volume 1



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix13.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#120936
1   2   3   4   5   6   7
buxoro-xiva-neftgazliligi-regioni-dengizko-l-ko-tarilmasining-mezozoy-yotqiziqlari-neftgazliligining-miqdoriy-tasnifi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Buxoro-
Xiva neftgazliligi regioni dengizko‘l ko‘tarilmasining mezozoy yotqiziqlari 
neftgazliligining miqdoriy tasnifi obyektiv ochib berildi. 
Metodologik jihatdan 
tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash, ular tasnifini amalga oshirish alohida o‘rin 
egallaydi.  
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Amudaryo 
botiqligining 
tektonik 
elementlarini 
neftgazliligini 
alohida 
prognozlash bu masalani samarali echish imkonini beradi. CHordjou pog‘onasini 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
120 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
neftgazliligini prognozlash uchun asosiy etiborni stratigrafik kesimiga qaratish 
muhim, chunki bu pog‘onada tuz-angidrit qavati keng rivojlangan bo‘lib, bu o‘z 
novbatida yuqori yura yotqiziqlarida ishonchli qopqoq tog‘ jinslari vazifasini o‘taydi 
va uglevodorod to‘plamlarining asosiy massasi yuqori yura yotqiziqlariga 
to‘planishiga asos bo‘lgan.
Quyi-o‘rta yura yotqiziqlari to‘liq qalinlikda Dengizko‘l vali chegaralarida № 
102 O‘rtabuloq va № 1 p Pomuq, № 2 p Berdiquduq quduqlarida ochilgan. 
Ko‘kdumaloq maydoni atrofida bevosita bu yotqiziqlar 1044 m va 1103 m qalinlikda 
№ № 15, 20 Ko‘kdumaloq quduqlarida ochilgan. Bundan tashqari ularni yuqori qismi 
№ 1 Ko‘kdumaloq va № 1 Oxir quduqlarida ochilgan [5]. 
Metodik qism. Quyi-o‘rta yura yotqiziqlarining stratigrafik kesimi terrigen
asosan mayda bo‘lakli ohaktoshlar, gillar, alevrolitlar va argillitlar qatlamlanib kelgan 
jinslardan tashkil topgan. Bu qavatning xarakterli jihati ko‘mirlashgan o‘simlik 
qoldiqlari va ko‘mir bilan boyiganida bo‘lib, to‘q-kulrangdan tortib qora rangacha 
o‘zgargan. SHuningdek, ko‘mirlashgan o‘simlik qoldiqlari bilan boyiganligi bir tekis 
bo‘lmay quyi qismi ko‘mirlashgan yuqori qismi esa ko‘mirsiz.
Terrigen yotqiziqlari ustida muvofiq ravishda karbonat yotqiziqlari yotadi va 
yoritilayotgan rayonda bir tekis tarqalgan bo‘lib, atrofda har turdagi kompleks fatsial 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan karbonat jinslaridan tashkil topgan. Bu qatlam faqatgina rifdan 
tashqarida burg‘ilangan № № 1 va 15 Ko‘kdumaloq quduqlarida to‘liq ochilgan 
bo‘lib, 228 m va 217 m ni tashkil etdi, hamda rif chegarasi yaqinida joylashgan № 1 
Oxir qudug‘ida 364 m ni tashkil etdi. Ko‘kdumaloq rif massivi chegaralarida 
karbonat yotqiziqlari to‘liq qalinligi bo‘yicha burg‘ilab ochilmagan. Bundan kelib 
chiqqan holda, rif massivi ichida qo‘shni konlarga o‘xshash bo‘lib, yuqori yura 
karbonat qatlami qalinligi 500-520 m ga etishi mumkin. Kellovoy yarusini 
kutilayotgan umumiy qalinligi 130 m ni tashkil etadi. Quyi-o‘rta yura yotqiziqlarini 
umumiy qalinligi 1310 matrofida [5]. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin