Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 262
w www.oriens.uz December 2021 Zulxijja oyi 664/sentyabr 1265 yilda Xo‘jand atrofida Muborakshoh asr olindi
va taxt Baroq ibn Yisu-Bo‘qa ibn Mitukan ibn Chig‘atoy qo‘liga o‘tdi
59
. Buning
uchun u amir-bitikchi bilan Muborakshohga qarshi fitna etgan edi va Baroq uni
lochinbozlari boshlig‘i etib tayinlaydi
60
. Xonlik davrida u bir necha bor Xurosonga
yurish qilgan, ammo Xulaguning (Gulog‘u) o‘g‘li Abak-Xon (Abaqaxon) tomonidan
mamlakatdan xaydalgan. Buxoroga kelgach, u ham islomni qabul qiladi va tarixda
Sulton G‘iyosiddin deb yodga olinadi
61
.
1271 yilda va nihoyat imperiya taxti O‘qtoy xonadoniga qayta nasib etib Qaydu
unda Hoqon bo‘ldi. Bundan boshlab imperiya sarxadidagi barcha yerlarda uning
siyosati amalga osha boshladi. Jamol al-Qarshiy uning haqida shunday ta’rif beradi:
“... ayni damda Qaydu eng ziyrak va uddaburon hamda zamonamizning mohir siyosatdoni bo‘lib kelmoqda. Kelishuvni hal etishda qo‘li uzun, izzat-hurmat qilishda va yaxshi yomonni ajratishda yuqori darajali zot edi... ”
62
.
Baroqxon xonlik taxtida o‘rnashib olgach, uning bilan Qayduxon ibn G‘ozi
o‘g‘il ibn O‘ktoy Hoqon o‘rtalarida muxoliflik tushdi. Ko‘p tortishuv va bahslardan
keyin ikkalasi o‘rtasida sulx tuzish yo‘llarini qidirdilar. Baroqxon Qaydu madadi
bilan Xuroson va Iroq mulkini oldi
63
.
Al-Qarshiyning ta’kidlashicha, Baroq 670
64
/1271 yilning boshida 6 yillik
hukmronligidan so‘ng Mirzo Ulug‘bek ta’rifiga ko‘ra
65
, falajlikdan vafot etgan.
Qayduning topshirig‘i bilan 671/1272-1273 yilda Niqboy ibn Sarbon ibn Chig‘atoy
Baroqdan so‘ng taxtni egalladi. Biroq siyosiy nizolar sabab, Qayduning amri bilan
679/1280 yilda Bo‘qa-Temur ibn Qadag‘oy ibn Bo‘ri
66
ibn Mitukan ibn Chig‘atoy
Niqboyni o‘ldirib, o‘rniga taxtga o‘tirdi. Bo‘qa-Temur uzoq hukmronlik qilib
680/1281-1282 yilda vafot etdi
67
.
681/1282-1283 yilda Qayduning amri bilan Duva ibn Baroq hokimiyatni qo‘lga
oldi. Muqaddam otasi Baroqni ham taxtga ko‘tarilishiga ko‘maklashgan edi. Qaydu
bilan Baroq o‘rtasida hamkorlik hamda do‘stlik aloqalari mavjud edi.
Niqboy va Bo‘qa-Temurlar uzoq muddat hukmronlik qilgan bo‘lsa-da,
Qayduning soyasida hech qanday Chig‘atoy nasli uchun ahamiyatli siyosatga yoki
59
Бароқ
ҳижрий
663
йил
бошида
/
октябр
1264
йилда
Ўзгандда
Олғўй
ва
Ўркина
-
Хотуннинг
барча
бойликларини
қўлга
киритиб
тахтга
ўтирди
.
–
Бартольд
В
.
В
.
Туркестан
.
Т
. I.
–
М
.:
Наука
, 1963.
–
С
. 580.
60
Рашид
ад
-
дин
.
Т
. II.
–
М
., -
Л
.:
Наука
, 1960.
–
С
. 99.
61
История
Монголов
.
–
С
. 112. (
Хондамир
.
Хуласат
-
ул
-
Ахбар
).
62
41
b
-42
a
-.حارصلاب تاقحلملا .يشرقلا لامج
63
Мирзо
Улуғбек
.
Тўрт
улус
тарихи
.
–
Б
. 188.
64
Хондамир
ва
Мирхо
Улуғбекнинг
зикрича
Бароқхон
668
йилнинг
оҳирида
вафот
этади
.
–
Қаранг
:
Мирзо
Улуғбек
.
Тўрт
улус
тарихи
.
–
Б
. 187-191.;
История
Монголов
.
–
С
. 112. (
Хондамир
.
Хуласат
-
ул
-
Ахбар
).
65
Тўрт
улус
тарихида
Бароқнинг
ўлими
сабабчиси
мифатида
Қайдуга
ишора
этилаган
.
–
Қаранг
:
Мирзо
Улуғбек
.
Тўрт
улус
тарихи
.
–
Б
. 191.
66
Абишка
номли
ўғли
ҳам
бўлган
. -
Бартольд
В
.
В
.
Туркестан
.
Т
. I.
–
М
.:
Наука
, 1963.
–
С
. 573.
67
42
a
-.حارصلاب تاقحلملا .يشرقلا لامج