Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy obyektiv belgilari:
a) Churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish bo‟rtmasi;
b) Churra xaltasidagi hosilani qorin bo‟shlig‟iga yengil
kiritilishi.
v) Qorin bo‟shlig‟iga kiritilgan joyda qorin devorining bo'rtib
chiqish nuqsoni (churra darvozasi) borligi;
g) «Yo'tal turtkisi» fenomeni.
Churrani to'g'irlash'dan
keyin ehtimol, paypaslash yo‟li bilan churra
darvozasi va kanalining
ko'rinishini, o‟lchamlarini, ularning atrofidagi to‟qimalar sifatini, churra darvozaisning churra padasi
va churra xaltasi
bilan uzaro munosabatini, sirpanuvchanligini, bitishmalarning
borligini aniqlash
mumkin:
Churrada ichak qovuzlog'i borligi, bo‟rtma yuzasining silliqligi
va elastik yumshoq
konsistensiyasidan, peristaltikasining teri orqali bilinishidan perkussiyada
timpaniq tovush paydo
bo‟lishiga asosan aniqlanadi.
Churrada ko‟p ichak qismi borligi ayniqsa sirpanuvchan churra ko'rinishida
paypaslashdan tashqari, yo'g'on ichakni rentgenografiya qilish bilan aniqlanadi.
Churradagi qovuq devorini (sirpanuvchi churra) dizuriya borligidan va qovuqni
sistoskopiya va rentgenografiya qilish bilan aniqlash mumkin.
Churrada ayol ichki a‟zolari borligini ba‟zan hayz ko'rish, davrida bo‟rtmaning shishib
chiqishidan bilsa bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: