Operatsiyaga qarshi ko‟rsatmalar ham uchraydi. Yurak va nafas yetishmovchiligi bo‟lganda,
juda keksalik, qon aylanishi dekompensasiya holatidagi yurak nuqsoni, III-bosqichli o'pka sili, jigar
va buyrakning og'ir kasalliklari va boshqa tuzalmaydigan kasalliklardir.
Asoratlanmagan churralarni konservativ davolash bandaj taqishdan iborat. Bandaj, korset va
belboglar shaklida bo‟ladi yoki qoringa mahkam qilib tasma bog'lanadi.
Bandaj taqish churra ichida chandiqlar, bitishmalar hosil bo‟lishiga sabab bo‟ladi, ba‟zan terini
ta‟sirlantiradi va ichki a‟zolarning chiqib ketishidan va churrani qisilishidan hamisha ham saqlay
olmaydi.
Qorin churralari profilaktikasi quyidagicha o‟tkaziladi:
I.Qorin devori mushaklarini mustaxkamlash maqsadida gimnastika mashgulotlari, jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‟ullanish tavsiya etiladi.
II.Ishda churraga sabab bo‟ladigan ortikcha jismoniy zo‟riqishlardan saqlanish lozim, shu
maqsadida mehnatni mexanizasiyalash, uni muxofaza qilish, ishchilarni jismoniy ishlarga to‟g‟ri
tanlash lozim.
III. Homilador ayollar homiladorlikning oxirgi oylarida belbog' – bandaj taqib yurishlari
kerak, tug'ruqdan keyin esa qorinni massaj qilish va qorin mushaklarini mustahkamlash uchun
maxsus gimnastika mashqlari tavsiya etiladi.
IV. Bolalarning gigiyena, ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi, ularda ichak faoliyati, nafas
a‟zolariga va siydik chiqarishning normal o‟tishini kuzatib borish, qorin devoridagi nuqsonlarni
aniqlash maqsadida ularni qunt bilan sinchiklab tekshirish, bordi-yu churra aniqlansa operatsiya
usuli bilan davolash.
Dostları ilə paylaş: