Yosh va o‟rta yoshdagi kishilar sirpanuvchi siydik qopi churrasi paravezikal to‟qimalarining
yigilib qolishi balki qorin pardani suradi va siydik qopining erkin harakati kuchayadi va churra
darvozasidan chiqib ketadi. Qari yoshdagi bemorlarda asosan patogenetik rolni bo‟ladigan
degenerativ o'zgarishlar o'ynaydi. Siydik qopi devori o'zining elastik xusussiyatini yo'qotadi va
tonusi buziladi.
Bunday
bemorlarda surunkali koprostaz, qabziyat, prostata bezining gipertrofiyasi, siydik
yullari strikturasi sababli siydik qopi kengayadi va chuzilishi ham ahamiyatga ega.
Churra xaltasi
tashqari va orqada joylashib, oldindan va ichkaridan siydik qopi joylashadi.
Ko'r ichakning sirpanuvchi churrasi ekstraperitoneal va paraperitoneal holda uchraydi. Birinchi
holda churra xaltasi yo`q, churra dumpagi ko'richakning orqa segmenti hisobidan va qorinpardadan
holi turadi. Operatsiya paytida churra xaltasi deb ko'richak devorini kesib qo'yish mumkin. Ikkinchi
holatda churra xaltasining tashqi va orqa devorini qorinparda bilan yopilgan ko'richak devori tashkil
qiladi. Visseral parda bilan yopilmagan qismi churra xaltada tashqarida yotadi. Shunday churrani
hosil qilishda chuvalchangsimon o'simta va ingichka ichakning terminal qismi ham qatnashishi
mumkin.
Bolalarda sirpanuvchi churralar ko'richakning va yuqoriga ko'tariluvchi yo'g'on
ichakning
tug‟ma – past joylashishi asosiy etiologik faktor hisoblanadi. Kattalarda ko'richak va uning yuqoriga
ko'tariluvchi qismi chanoq bo‟shlig‟ida joylashganida bog‟lam apparatining tug‟ma kuchsizligi va
ko'richakning xaddan tashqari erkin bo‟lishi (caecum mobile) hisoblanadi. Boshqa faktorlarda
ko‟ndalang fassiyaning kuchsizligi va churra darvozasining kengligi hisoblanadi. Ayollarda
sirpanuvchi churralar tug‟ma va orttirilgan bo‟ladi. Tug‟ma churralar
yosh bolalarda uchrashishi
ko‟proq kuzatilib, rivojlanish nuqsonlari-Mikkel divertikulining obliterasiya bo'lmasligi, bachadon
yumaloq bog‟lamining qisqa bo‟lishi, tuxumdon bog‟lamlarini chuzilishi, chanoq a‟zolarining
(tuxumdon naylari, bachadonning)
yuqori joylashishi, qinning uzunligi, qinning atreziyasi,
bachadonning rivojlanmaganligi yoki ikki shoxli bachadonlar bo‟lishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: