Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix19.10.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#118423
növüРеферат
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
орин чурралари (1)

Davolash. Operatsiyadan keyingi churralarning profilaktikasi qorinni mahkam tutib turadigan 
belbog'- bandaj tayinlashdan iborat. 
Operatsiyadan keyingi churralarni operatsiya qilishning optimal muddati 6-12 oy, vaholanki 
ayrim holatlarda churra juda tez kattalashib boradi, shuning uchun operatsiyadan keyin 2-3 oy ichida 
ham operatsiya qilish mumkin. Juda katta churralar bilan murojaat qilgan bemorlar operatsiyaga 8-
10 kun mobaynida tayyorlanadi. 
Operativ davolashda quyidagi asosiy operatsiya rejasini qo'llash lozim: 
1. Churra darvozasini ochish uchun kesmani tanlash. 
2. Churra xaltasini ochib, ichidagi qorinning ichki a‟zolarini uning devoridan ajratish. 
3. Churra xaltasini qisman yoki to'liq kesib olish. 
4. Churra darvozasi qirralarini ajratish yoki qisman kesib olish. 
5. Qorinning old devorini plastika qilish. 
6. Operatsiyadan keyingi yarani tikish. 
O‟rtada joylashgan churra operatsiyalaridan keyin churra teshigini ikki marta ko‟paytirish 
prinsipi buyicha, aponevrozning bir chekkasini ikkinchisiga qo'yib diblikatura hosil qilib yopiladi. 
Yon tomonlama operatsiyalardan keyin churralarda devor nuqsoni odatda mushaklarni qavat-qavat 
qilib tikib bartaraf etiladi. 
Operatsiyadan keyin yaxshi klinik natijaga erishish uchun qorinning old devorini plastika qilish 
usullari katta ahamiyatga ega. Plastika qilishning ratsional usulini to‟g‟ri tanlash jarrohning 
tajribasiga va uning maxoratiga bog‟liq. Hozirgi kunda operatsiyadan keyingi churralarni operatsiya 
qilishinng 150 ga yaqin usullari tadbik qilingan. Hozirgi kunda maqsadli plastik materiallar ishlatish 
(alloplastika) keng qo'llanilmokda. 
S.P.Shilovsev usuli – aponevrozdagi nuqsonni yamokli teri laxtagi bilan uning epidermal 
qatlamini oldindan koagulyasiya qilib, plastik bekitishdan iborat. Chandiqli to‟qima va katta 
nuqsonlardan foydalaniladi, shuningdek qo‟shni mushaklardan olingan oyokchadagi plastinka, 
sonning serbar fassiyasidanolingan erkin fassial to‟qima yoki alloplastika ham qo'llaniladi. 
Bu usullarning yaxshi natijalar berishi churra defektining kattaligiga, to‟qimalarning 
morfologik xususiyatlariga bog‟liq. Churra o‟lchami 50-100sm
2
bo‟lganda autoplastik usulni 
qo'llash mumkin. Agar churra katta va retsidivli bo'lsa bemorning o'z to‟qimalari bilan qorinning 
oldingi devorini plastika qilish yaxshi natija bermaydi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin