ChURRALARNI DAVOLAShNING UMUMIY QOIDALARI
Churralarni faqatgina operativ usulda bartaraf etish mumkin. Operativ
davolashning asosiy
qoidalari har bir churra uchun alohida yondoshish va differensial holatda churrani operatsiya qilish
usulini tanlashdir. Buning uchun churraning shakliga,
kelib chiqishidagi sharoitiga, qorin devori
to‟qimalarining holatiga, churra darvozasi hajmiga hamda bemorning yoshiga alohida e‟tibor berish
zarur, qorin churralarining operatsiyasi mumkin kadar oddiy va kam jaroxatli bo‟lishi lozim. Shu
bilan bir qator da tanlangan usul davolashda radikal usul bo‟lishi kerak.
Churrani kesish – bu juda yuqori maxorat talab qiladigan operatsiyadir.
Shuning uchun
soglikni saklash tizimi oldidagi asosiy maqsad – operativ davolashning sifatini ko'tarish va
jarrohlarning kasbiy maxoratini ko'tarish bugungi kunning talabidir.
Hozirgi kunda plastika qilish usullarining besh xil turi mavjud:
1) fassial – aponevrotik usul;
2) mushak – aponevrotik usul;
3) mushak usuli;
4) biologik yoki sintetik materiallar bilan plastika qilish;
5) qo'shma (autodermal va yot to‟qimalar yordamida kombinasion plastika qilish).
Dastlabki uch usul autoplastik usullar, kolagan ikki usul esa alloplastik usullardir.
Fassial–aponevrotik usul – eng muhim usul bo‟lib, qorin devorining topografoanatomik
munosabatlarini yaxshi tiklaydi.
Bu usul quyidagicha o‟tkaziladi:
1. Aponevroz qirralarini bir-biriga birlashtirib choq qo'yish.
2. Churra darvozasini aponevrozdan dublikatura hosil qilib bartaraf qilish.
3. Churra darvozasini aponevrozdan yoki fassial laxtak dublikatura hosil qilib bartaraf qilish.
4. Churra darvozasini bartaraf qilishda erkin autolaxtaklardan foydalanish.
Eng ko‟p tarqalgan usul – bu aponevrozdan dublikatura hosil qilib plastika qilishdir.
Aponevrozning qirralarini taranglashtirmay bir-biriga tikish operatsiyadan
keyin yaxshi chandiq
bo‟lishiga olib keladi. Sho‟nga misol Martыnov, Ru, Opel
usulining chov churralarida, Meyo
usulining kindik churrasida, Napalkov, Vishnevskiy, Martыnov usullarining
operatsiyadan keyingi
churralarda qo'llanilishidir.
Dostları ilə paylaş: