Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix19.10.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#118423
növüРеферат
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
орин чурралари (1)

kanal churrasi, churra xaltasi teri ostiga tashqi teshigi orqali chiqqan bo'lsa – to'liq churra, 
deyiladi. 
Ba‟zan churra xaltasi ayrim mushak va fassial qatlamlar orasida qolib ketsa Oraliq yoki interstisial 
churra ko'rinishida bo‟lib, teri ostidan emas, balki mushak yoki aponevroz ostiga chiqadi. 
QORIN ChURRALARINING HOSIL BO'LISHIDAGI UMUMIY FAKTORLAR VA 
ETIOPATOGENEZI. 
Churraning kelib chiqishidagi etiologik faktorlardan bo‟lib qorin bo‟shlig‟idagi bosimning 
qorinning old devori qayta ta‟sir ko‟rsatish qobiliyatining dinamik muvozanatning buzilishi 
hisoblanadi. Sog‟lom odamlarda, qorinning old devoridagi «kuchsiz xitlarning» bo‟lishiga qaramay 
diafragma mushagining tonusi va qorin old devori qorin ichki bosimining tushishi, defekatsiya, 
yo'tal, og'irlik ko'tarishda bo‟ladigan o'zgarishlarini ushlaybilish xususiyatiga ega. Ammo har xil 
sabablarga ko‟ra mushak aponevroz qavatining funksional holati pasayadi va qorin bo‟shlig‟i 
bosimi va qorin devori orasida diskoordinasiya kelib chiqadi va churra rivojlanadi.
Churraning hosil bo‟lishi mexanizmi juda og'ir va harxil bo‟ladi. Mahalliy moyillik 
faktorlarida asosan topografoanatomik o'zgarishlar sababli bo'lsa, undan tashqari umumiy 
faktorlarga ham bog‟liq. Mahalliy faktorlarni o‟rganish churralarni operativ davolash prinsiplarini 
patogenetik asoslab berish ucho‟ngina yordam beradi.
Umumiy faktorlar ikki guruhga moyillik va churrani keltirib chiqaruvchi faktorlarga bo‟linadi. 
Churralar mahalliy va umumiy xarakterdagi sabablardan hosil bo‟lishi mumkin, churraga 
moyillik va keltirib chiqaradigan sabablarga bulinidi. Churralar hosil bo‟lishining moyillik qiladigan 
sabablariga churra eng ko‟p hosil bo‟ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik 
xususiyatlari kiradi. Bu anatomik kuchsiz joylar yoki churra nuqtalari quyidagilar: 
a) Chov kanali sohasi; 
b) Sondagi oval chuqurcha sohasi; 
v) Qorin oq chizig‟i aponevrozining kindik usti va uning ostidagi bo'limi; 
g) Spigeli chizig‟i sohasi; 


d) Peti uchburchagi sohasi; 
ye) Gryunfeld – Lesgaft turtburchagi sohasi; 
j) Yopkich teshik sohasi. 
Qorin devori tuzilishining anatomik xususiyatlari ayollar va erkaklarda turli xil churralarning 
turlicha taqsimlanishiga ham ta‟sir qiladi. Son churralarining ko‟p uchrashi ayollarda chanoq enining 
kengligi bilan bog‟liq. Erkaklarda chov churralarining ko‟p uchrashi ularda chov halqasining 
birmuncha kengligi bilan izohlanadi. Embrional davrda bu kanaldan tuxum yorg'oqqa tushadi va 
urug‟ tizimchasi o‟tadi. Ayollarda chov oraligi yoriqsimon shaklga ega. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin