7. To‟g‟ri churralarda churra darvozasi orqali chov-qov orqa yuzasini barmoq uchi bilan sezish
mumkin, qiyshiq churrada bunga chov uchburchagi lateral bo'limining mushak-aponevrotik
elementlari xalaqit qiladi.
8.Kelib chiqishiga ko‟ra to‟g‟ri chov churralari «kuchsizlikdan»,qiyshiq churralar esa
«Zo‟riqishdan» rivojlanadi.
9. Qiyshiq chov churralari yorg'oqqa tushadi, to‟g‟ri churra esa amalda tushmaydi,juda katta
churralar bo`lganda yorg`oqqa tushishi mumkin.
Moyak istisqosi perkussiyada to`mtoq tovush beradi, oldingi qorin devoridan keskin
chegaralangan va diafanoskopiya musbat bo`ladi.
Urug‟ tizimchasi venalarining varikoz kengayishi (varikosele) bemor kuchanganda, bosganda
osonlikcha puchayib qoladigan egri – bugri yumshoq tuzilmalar (qonglomeratlar) ko'rinishida
paypaslanadi.
Shuningdek limfadenit, lipoma, son churrasi, tromboflebit va posttrombotik kasallikdagi qorin
oldingi devori venalari kengayishi differensial diagnostka uchun yordam beradi.
Tashqi siydik pufagi usti churrasi (hernia supravesicalis ).
Chov chuqurchasidan ichkariga joylashgan o‟rta va medial pufak,kindik burmalari bilan va
siydik qismi bilan pastdan chegaralangan chuqurcha bo‟lib hisoblangan- fovea supravesicalis-dan
chiqadi. Churra darvozasi bo‟lib chov oraligining medial qismi hisoblanadi. Bu juda kam
uchraydigan to‟g‟ri chov churrasining bir ko'rinishi bo‟lib hisoblanadi. N.I.Kukudjanov 2245 ta
chov churrasi bilan operatsiya qilgan bemorlardan 6-tasida siydik pufagi usti churrasi aniqlanganligi
to‟g‟risida axborot bergan. Bu churraning hosil bo‟lishidagi asosiy faktor bo‟lib chov oraligining
balandligi va qorinning old devori mushak aponevroz to‟qimalarining atrofik degenerativ
o'zgarishlari hisoblanadi. Siydik pufagi usti churrasi asosan qari erkaklarda uchraydi. Churra hosil
bo‟lishi yo‟li to‟g‟ri ammo churra xaltasi chov kanaliga tushishi uchun qorinning to‟g‟ri mushagi
qirrasining aylanib o‟tishi kerak. Shuning uchun ham bu churraning klassik holdagi to‟g‟ri chov
churrasidan farki churra xaltasining bo'yni uzun va qisqa bo‟lishidir.
Dostları ilə paylaş: