Қорин чурралари


QORIN ChURRALARINING SIMPTOMLARI



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix19.10.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#118423
növüРеферат
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
орин чурралари (1)

QORIN ChURRALARINING SIMPTOMLARI 
Simptomlari 
bo'yicha 
asoratlanmagan 
(to‟g‟rilanadigan), 
surunkali 
asoratlangan 
(to‟g‟rilanmaydigan) va o‟tkir asoratlangan churralarga bo‟linadi. 
Asoratlanmagan tashqi churralarda subyektiv shikoyatlar turli-tuman sabablarga ko‟ra 
namoyon bo‟ladi. Ba‟zan ular umuman bo‟lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasidagi simillovchi 
qattiq og'riqqa, og'riqning to'sh osti sohasiga, boshlanayotgan chov churrasida – moyakka, ayollarda 
jinsiy lablarga va boshqa sohalarga berilishiga shikoyat qiladilar. Og'riq jismoniy zo‟riqishda, og'ir 
yuk ko'tarishda, vertikal vaziyatda kuchayadi. 
Dispeptik shikoyatlar: kekirish, jig'ildon qaynashi, ko‟ngil aynishi, ba‟zan qusish, dizuriya va 
qabziyatlar ham bo‟lib turadi 
Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal) holatda tekshiriladi. 


Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy obyektiv belgilari: 
a) Churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish bo‟rtmasi; 
b) Churra xaltasidagi hosilani qorin bo‟shlig‟iga yengil
kiritilishi. 
v) Qorin bo‟shlig‟iga kiritilgan joyda qorin devorining bo'rtib
chiqish nuqsoni (churra darvozasi) borligi; 
g) «Yo'tal turtkisi» fenomeni. 
Churrani to'g'irlash'dan keyin ehtimol, paypaslash yo‟li bilan churra darvozasi va kanalining 
ko'rinishini, o‟lchamlarini, ularning atrofidagi to‟qimalar sifatini, churra darvozaisning churra padasi 
va churra xaltasi bilan uzaro munosabatini, sirpanuvchanligini, bitishmalarning borligini aniqlash 
mumkin: 

Churrada ichak qovuzlog'i borligi, bo‟rtma yuzasining silliqligi va elastik yumshoq 
konsistensiyasidan, peristaltikasining teri orqali bilinishidan perkussiyada timpaniq tovush paydo 
bo‟lishiga asosan aniqlanadi. 

Churrada ko‟p ichak qismi borligi ayniqsa sirpanuvchan churra ko'rinishida 
paypaslashdan tashqari, yo'g'on ichakni rentgenografiya qilish bilan aniqlanadi. 

Churradagi qovuq devorini (sirpanuvchi churra) dizuriya borligidan va qovuqni 
sistoskopiya va rentgenografiya qilish bilan aniqlash mumkin. 

Churrada ayol ichki a‟zolari borligini ba‟zan hayz ko'rish, davrida bo‟rtmaning shishib 
chiqishidan bilsa bo‟ladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin