jarohatlar, operatsiyadan keyin hosil bo‟lgan bo‟lishi mumkin.Churraga yaqin yani « eventratsiya»
va « tushish» kabi tushunchalar mavjud.
Eventratsiya - qorinparda va qorinning old devoridagi mushak-aponevrotik qavatida o‟tkir hosil
bo‟lgan defekti sababli qorin bo‟shlig‟i germetik holatining buzilishi va ichki a‟zolarning teri tagiga
chiqishidir.Eventirasiya sababiga ko‟ra travmatik, operatsiyadan keyingi va tug‟ma bo‟lishi mumkin.
Ichki churralarda qorin bo‟shlig‟idagi ichki a‟zolarning qorin bo‟shlig‟ida hosil bo‟lgan
kistalarga yoki pariyetal qorinpardada hosil bo‟lgan chuqurchalarga kirib qolishi
hamda
diafragmaning tabiiy va orttirilgan teshiklari orqali ichki a‟zolarning qo‟shni bo‟shliqlarga
chiqishidir.Qorinparda bilan qoplanmagan ichki a‟zolarning tabiiy teshiklar orqali chiqishi –
tushishi (prolapsus) deyiladi. Masalan: bachadonning qin orqali yoki to‟g‟ri ichakning
Sphincter ani externum orqali tushishi.
Teri osti yog„ qavati
Parietal qorin parda
Qorin churralaridan farkli ravishda ichki a‟zolarning qorin old devori mushak – aponevrozining
qorinparda bilan birga o‟tkir shikastlanishlari natijasida teri ostiga chiqishi –
teri osti eventratsiyasi,
tashqariga
chiqishi esa tashqi eventratsiya deyiladi. Eventratsiyalar tug‟ma,
orttirilgan va
operatsiyadan keyin uchrashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: