d) Dialektal so‘zlarni faollashtirish:
mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida.
2. O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda:
Аrab tilidan kirib kelgan so’zlar orqali:
Arabcha so’zlar o’zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog`liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g`alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, dimog`, idora kabi.
Fors-tojik tilidan kirib kelgan so’zlar orqali:
Osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g`isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi.
с) Rus tilidan kirib kelgan so’zlar orqali:
Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko’plab so’zlar o’zlashdi. Rus tili orqali kirgan so’zlarning ba’zilari dunyodagi ko’pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o’zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so’zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so’zlar deb yuritiladi. o’zbek tiliga o’zlashgan internotsional so’zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
- rus tiliga: sudьya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi.
- lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio kabi.
- grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel kabi.
- nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
- ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
- fransuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so’zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo’jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga doir.
Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiylar ham shunga da’vat qilganlar.
Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skayner kabi.
Bularning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib, boyitmoqda.
Dostları ilə paylaş: |